4- mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati


Me’yorlar: muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, 1– kurs kursantlari va 2 – yosh guruhiga mansub ofitserlar uchun 5 km.ga marsh-brosok yugurish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/6
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92252
1   2   3   4   5   6
4-1

Me’yorlar: muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, 1– kurs kursantlari va 2 – yosh guruhiga mansub ofitserlar uchun 5 km.ga marsh-brosok yugurish:
«A’lo»-10sek;
«Yaxshi»-8 sek;
«Qoniqarli» 6sek.
2 – kurs kursantlari va 1 – yosh guruhiga mansub ofitserlar uchun:
«A’lo»-11 sek;
«Yaxshi»-9sek;
«Qoniqarli»-7 sek.
3 – va undan yuqori kurs kursantlari uchun:
«A’lo»-14 sek;
«Yaxshi»-12 sek;
«Qoniqarli»-10 sek.
Oʻrgatish uslubi

Bruslarga tayangan holatdan, oyoqlarni bukmay burchak holatga koʻtarish, oyoq uchlari bryuslardan yuqori vaqtga ushlab turish.
Yoʻl qoʻyiladigan xatolar:

  • elkalarni orqaga ketib qolishi;

  • gavdani oldga-orqaga tebranishi;

  • oyoqlarni qimirlab bruslardan past tushishi.

Yordam berish va ehtiyot choralari:

  • yonda turib qoʻldan ushlab, bruslar orasidan boldirlardan koʻtarib yordam berish.

Tayyorlov mashqlari:

  • bruslarga tayanib oyoqlarni koʻtarib – tushirish;

  • bruslarga tayanib oyoqlarni koʻtarib burchak ushlab oyoqlarni yonga ochish va birlashtirib pastga tushirish;

  • sherigi yordamida oyoqlarni burchak holatida ushlash;

  • qorin mushaklarini yaxshi rivojlantirish.

Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi.
23-mashq. Brusda qo‘lga tayanib, tanani burchak hosil qilgan holatda tutish. Brusda tik tutilgan qo‘lga tayangan tarzda to‘liq uzatilgan oyoqni juftlagancha, brus xodalaridan yuqoriga ko‘tarib, gorizontal holatda tutib turish. Mashq ijrosining vaqti sifatida harbiy xizmatchi o‘z tanasini burchak hosil qilgan holatda tutgan fursatdan, oyog‘ining tovoni brus xodasidan pastga tushgan fursatga qadar o‘tgan vaqt qayd etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi.
Jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular gigienik talablarga qat’iy rioya qilingan holda va tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlaridan faol foydalangan holda bajarilishi zarur.
Mashqning nomi, mazmuni, me’yori va unga oʻrgatish uslublari.
1 – kurs kursantlari va 2 – yosh guruhiga mansub ofitserlar uchun – bruslarda qoʻllarga tayanib turgan holda siltanma harakat qilib oyoqlarni bosh tomon koʻtarib oldinga irgʻitib bruslar ustiga oyoqlarni kerib utirish, depsinib oyoqlarni bruslar orasiga oʻtkazib orqaga siltanish, oldinga siltanib chap (ung) brusga oʻtirish, kuchli qoʻlga tayanib har ikki brus ustidan chap (ung) tomonga 90 gradusga burilib yon bilan sakrab tushish.
Bajarish texnikasi.
Qoʻllarga tayanib turgan holda siltanma harakat qilib oyoqlarni bosh tomonga koʻtarib 45-50 gradus, burchak ostida oldinga irgʻitib bruslar ustiga oʻtirish.
Bajarish texnikasining asosi – oyoqlarni oldinga toʻgʻri irgʻitish vaqtida yelkalarni bruslardan oʻzish.
Yoʻl qoʻyildigan xatolar.

  • oyoqlar bosh tomon koʻtarilganda tananing bruslardan pastga tushishi;

  • Buqilib turganda toz-sonlarning baland holatda boʻlishi;

  • Oyoqlarni oldinga yuqoriga irgʻitishni sekin bajarish;

  • Oyoqlarni past irgʻitish;

  • Bruslarga oyoqlarni kerib oʻtirganda tizzalarni bukish.

Yordam berish va jarohatlarni oldini lish.
Yon tomondan turib bel va tos-son boʻgʻimidan itarib yordam berish.
Tayyorlov mashqlari.

  • Yerga yotgan holda oyoqlarni bosh tomon koʻtarib oldinga-yuqoriga irgʻitish;

  • Yuqorida koʻrsatilgandek, faqat oyoqlarni kerib oʻtish (sherigi yordamida);

  • Sherigi yordamida oyoqlarni oldinga-yuqoriga irgʻitib kerib oʻtish.

Bajarish texnikasi.
Oʻng brusga chap son bilan utirish; ung oyoq va qoʻlni yuqori-chapga siltab gavdani koʻtarish; tana ogʻirligi chap qoʻlga tushadi, chap son bilan brusdan itarilib oyoqlar birlashtirilib (tayanch qoʻl bilan tana orasida burchak 90 gradus) brusga orqa bilan tushish.
Texnik talablar – bruslar ustida tana choʻzilib sakrab tushish.
Bajarish texnikasining asosi – tayanch oyoq soni bilan qattiq depsinish.
Yoʻl qoʻyiladigan xatolar.

  • oʻtirgan holatda yelkani oldinga koʻp egish;

  • yelkani yonga egilishi (tayanch qoʻlning gavdaga yopishishi);

  • bruslardan tanani baland koʻtarilmasligi, tanani choʻzilmasligi;

  • bruslardan sakrab oʻtishda tayanch qoʻl va tanani bukishi;

  • yon bilan tushish.

Yordam berish va jarohatlarni oldini olish.
Yon tomondan turib, bilagidan ushlab, bruslar orasidan sonidan koʻtarib yordam berish. Yiqilib ketgan taqdirda koʻkragi ostidan ushlab qolish.
Tayyorlov mashqlari.

  • oʻng oyoq bilan depsinib va chap oyoqni yozib, tana ogʻirligini chap qoʻlga oʻtkazish;

  • tayanib oʻtirib bir brusdan ikkinchi brusga sakrab oʻtish;

  • past bruslarda sherigi yordamida sakrab tushish.

Tayanch iboralar:
Trenirovka-mashq qilish jarayoni (sport mashg‘uloti o‘tkazish jarayoni).
Trenajyor-jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazishda ishltiladigan maxsus uskuna.
Nazorat savollari:

1. Turnikka aylanib chiqish mashg‘uloti haqida nimalarni bilasiz?.


2. Sport tashkilotchisining vazifalari haqida nimalarni bilasiz?.
3. Jismoniy sifatlarga ta’rif bering?.
4.Chidamlilikga ta’rif bering?.
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin