«Yaxshi» - agar mashq ta’rifga muvofiq ravishda va ishonch bilan bajarilgan lekin mashqni bajarish davomida quyidagi ahamiyatsiz xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa:
mashq kichik amplituda bilan bajarilgan;
oyoqlar biroz bukilgan va kerilgan;
koʻtarilish chogʻida qoʻllar biroz bukilgan;
kuch bilan bajariladigan mashq biroz siltanib bajarilgan;
tebranish bilan bajariladigan mashq esa, biroz kuch ishlatib bajarilgan;
mashqni bajarishda ortiqcha tebranishlar;
mashqni bajarish sur’atini yoʻqotmagan holda turnikka tegib ketilgan;
sakrab tushgan vaqtda turgʻunlik holatini saqlab qololmagan boʻlsa;
«Qoniqarli» - agar mashq ta’rifga binoan bajarilgan, lekin quyidagi ahamiyatli xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa:
mashqning tebranma harakat bilan bajariladigan qismi sezilarli darajada kuch ishlatib bajarilgan boʻlsa;
bir-biriga ulanib ketgan holda bajarilishi talab qilinadigan mashq boʻlaklarini bajarish chogʻida toʻxtab qolingan boʻlsa;
anjomdan yiqilib tushsa;
sakrab tushgandan keyin turgʻunlik holatini saklab qolish uchun qoʻllari
bilan yerga tayansa.
«Qoniqarsiz» - agar mashq bajarilmagan yoki buzib bajarilgan boʻlsa (mashq boʻlagi bajarilmay oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, anjom ustidan yiqilib tushsa, tayanib sakrashlarni bajarishda depsinish bir oyoq bilan bajarilsa yoki qoʻllar ketma-ket koʻyilsa).
Oʻrgatish uslubi.
1. Mashgʻulot oʻtishdan oldingi rahbarning vazifalari:
yordamchilarga mashqni bajarish tartibini, toʻgʻri yordam berish va koʻngilsiz hodisalarni oldini olishni tushintiradi;
yordamchilarga mashgʻulot davomida beriladigan komandalarni tushuntirib, mukammallashtiriladi.
Mashgʻulot oʻtish paytida:safdagi intizomga, safda bajariladigan usullarni tugʻriligiga, mashq bajarishga shaylik holati va mashqni bajarib boʻlib, sakrab tushish holatini toʻgʻri bajarishga e’tibor berish kerak;
mashq bajarish paytida toʻgʻri komanda berishga alohida e’tibor berish kerak;
gimnastik holatni qabul qilish, mashqni koʻrsatish, gimnastik holatni qabul qilish va «Snaryadga!» komandasidan soʻng mashqni bajarib, «sakrab tushish» holatini toʻgʻri bajarish kerak;
shugʻullanishni boshlash uchun «mashq bajarishga kirishilsin!», bajargandan soʻng «mashq tugatilsin!» komandalari beriladi.