4- mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/6
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92252
  1   2   3   4   5   6
4-1


4- Mavzu: Amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va mohiyati.
Jismoniy tayyorgarlik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida olib boriladigan jangovar tayyorgarlikning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, shaxsiy tarkibga beriladigan harbiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – harbiy xizmatchilarning jangovar va o‘z ixtisosligiga oid vazifalarni o‘z vaqtida muvofaqiyatli bajarish uchun jismoniy jihatdan doimo shay turish va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir.
Jismoniy tayyorgarlik davomida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: harbiy xizmatchilarning jismonan kamol topishini yaxshilash, sog‘ligini mustahkamlash, atrof-muhit va harbiy-professional faoliyatning salbiy ta’sirlariga nisbatan organizmining bardoshlilik qobiliyatini oshirish; chidamlilik, kuchlilik, tezlik, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirib, talab darajasida saqlab borish; yurish qiyin kechadigan hududlarda piyoda harakatlanish, tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tish, qo‘l jangi amallarini dadil bajarish va harbiy-amaliy suzish ko‘nikmalarini shakllantirish. Jismoniy tayyorgarlik jarayonida harbiy xizmatchilarning nazariy bilimlari va tashkiliy-uslubiy ko‘nikmalari shakllantiriladi. Jismoniy tayyorgarlik shaxsiy tarkibning maxsus-harbiy tayyorgarlik darajasini yanada oshishiga, ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalanishga va bo‘linmalarning jangovar hamjihatligi takomillashishiga omil bo‘lishi shart. Jismoniy tayyorgarlik quyidagi shakllarda o‘tkaziladi: ertalabki badantarbiya; o‘quv mashg‘ulotlari; sport ishlari; o‘quv-jangovar faoliyat jarayonida bajariladigan jismoniy mashqlar; ommaviy-sport tadbirlari; yakka tartibda bajariladigan jismoniy mashqlar.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Jismoniy mashqlar xavfsizlik qoidalari va gigiyenik talablariga qat’iy rioya qilgan holda tabiatning sog‘lomlashtirish omillaridan to‘g‘ri va samarali foydalangan holda bajarilishi zarur.
Qo‘shinlarning jismoniy tayyorgarligi har bir qo‘shin turining jangovar qo‘llanilishi jihati borasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkillashtiriladi.Jismoniy tayyorgarlik davomida ta’lim va tarbiya jarayonining amaliyligi kompleks ravishda, oqilona va aniq muayyan tizimga solingan tarzda olib borilishi ta’minlanadi. Jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri tashkillashtirilishi, har bir harbiy xizmatchining yakka tarkibdagi jismoniy tayyorgarlik va bilim darajasiga xolisona baho berib borilishi uchun javobgarlik mas’uliyati komandir (boshliq) zimmasiga yuklanadi. Har bir komandir (boshliq) zimmasiga: harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan jismoniy tayyorgarlik jarayoniga samarali rahbarlik qilishga va sohaga oid nazorat ishlari olib borishni; jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan ofitser va serjantlarning nazariy bilimi, amaliy va uslubiy tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lishini; jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida shaxsan ishtirok etish va namuna ko‘rsatilishini; jismoniy tayyorgarlik tadbirlarini to‘g‘ri rejalashtirilib, muntazam olib borilishini, shaxsiy tarkibga kun va hafta davomida beriladigan jismoniy yuklamalarni oqilona taqsimlanishini; shaxsiy tarkibda jismoniy tayyorgarlik va sportga bo‘lgan qiziqish uyg‘otilishga hamda jismoniy mashqlarga muntazam ehtiyoj xissiyotini sezishini; harbiy qism (bo‘linma) va muassasalardagi mavjud o‘quv-moddiy bazalar jismoniy tayyorgarlikning barcha bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazilishiga doimo shay holatda bo‘lishini; jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilinib, shaxsiy tarkib orasida sport bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanish holatlarining oldi olinishini ta’minlash majburiyatlari yuklanadi. 8. Jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig‘i, jismoniy tayyorgarlik tadbirlariga rahbarlik qiladigan, ushbu tadbirlarni tashkillashtiradigan va olib boradigan mansabdor shaxslarning nazariy va uslubiy tayyorgarlik darajasi oshirib borilishini ta’minlashi lozim. Shtat bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig‘i bo‘lishi ko‘zda tutilmagan harbiy qismda (muassasada) harbiy qism (muassasa) komandirining (boshlig‘ining) buyrug‘i bilan ofitserlar va serjantlar tarkibiga mansub, puxta tayyorgarlikka ega kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar orasidan shtatdan tashqari jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig‘i tayinlanadi. Jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislariga kundalik ish faoliyatida (umumiy saflardan tashqari) ko‘rkam sport kiyimida yurishiga ruxsat beriladi.
Har bir harbiy xizmatchining zimmasiga o‘z jismoniy tayyorgarligi uchun javobgarlik mas’uliyati yuklanadi. Harbiy xizmatchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish va tegishli vazifalar ijrosiga jismonan shay bo‘lishga majburdir.
Harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarlik bilan o‘z bo‘linmasi (o‘quv guruhi) tarkibida, jismoniy tayyorgarlik mutaxassisi yoki komandir (boshliq) rahbarligida yoxud tegishli komandirning (boshliqning) qaroriga (buyrug‘iga) muvofiq mustaqil ravishda shug‘ullanadilar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin