Menejment (sohalar bo‘yicha) – O`zbekiston uzluksiz ta`lim Davlat ta`lim standartlari, oliy ta`limning Davlat ta`lim standarti, oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan bakalavriat ta`lim yo`nalishi. Ta`limning kunduzgi o`qish shaklida muddati – 4 yil. Akademik daraja – “Bakalavr”. Bakalavr: a) kasblar va lavozimlar milliy klassifikatoriga muvofiq oliy ma`lumotli shaxs egallashi lozim bo`lgan lavozimlarda ta`limning ushbu yo`nalishi bo`yicha mustaqil faoliyat ko`rsatishga; b) ushbu ta`lim yo`nalishi hamda turdosh ta`lim yo`nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo`yicha oliy ta`lim olishni davom ettirishga; v) qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo`shimcha kasbiy ta`lim olishga tayyorlangan bo`lishi kerak.
Mijozga yondashuv– menejerning ichki va tashqi mijozning talabini qondirishdan manfaatdor ekanligini ko`rsata olish xususiyati.
Missiya – bu eng oliy maqsad bo`lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish uchun bag`ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi, uning yetuk yoshlariga to`g`ri keladi. Missiya inson hayotining yo`nalishini ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o`z missiyasiga ega va hamma gap uni erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o`rin egallagan gumanistik yo`nalish e`tirof etadigan asosiy vazifalardan biri – insonga uning missiyasini anglashda yordam berishdan iboratdir.
Moslashuvchan, qayishqoq bo‘lish– bu rahbardagi ishning yangicha usullariga moslashuvchanlik, o`zining sevimli ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyor turish xususiyati.
Motivatsion qo‘llab quvvatlash – rahbardagi xodimlarning o`z ishiga sadoqatini mustahkamlay olish kompetentsiyasi.
Motivatsiya – motivlarning birgalikdagi ma`lum bir iyerarxiyasini vujudga keltiruvchi va shaxsning yo`nalishini ko`rsatuvchi omil, shaxsni faoliyatga undovchi sabablar majmui. M. – axloqiy xatti-harakatlarni aniq maqsadga yo`naltirilgan turli xil maqsadlar ta`sirida o`zgaruvchi voqyeliklarni ifodalaydi. M. so`zi grekcha “movere”, ya`ni siljitish, harakatlantirish so`zidan olingandir. Hozirgi zamonda bu so`zning ma`nosi yanada kengayib – yo`llash, qo`llash va ilhomlantirish kabi ma`nolarga erishdi. M. – inson xulq-atvori, uning bog`lanishlari, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablari majmuni bildiradi. Shaxs xulqini tushuntirib berish uchun “Nega?”, “Nima uchun?”, “Nima maqsadda?”, “Nima manfaat yo`lida?” kabi savollarga javob qidirish – motivatsiyani aniqlash demakdir.