Muloqotga e’tibor – rahbardagi kerakli xodimlarning ma`lumotlar bilan ta`minlanish jarayonini nazorat qilib bora olish xususiyati.
Mustaqillik va yo‘nalganlik – barcha ishlarni rejalashtirishda mustaqil fikr hamda intilishga ega bo`lish, kuchli raqibni ko`rgan taqdirda ham, uning yutuqlarini erkin tarzda o`z manfaati nuqtai nazaridan baholash va o`z foydasiga bo`ysundira olish sifati.
Mutaxassislik– faoliyatning aniq shakli bo`lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Muzokara – bu biror-bir masala yuzasidan kelishuv jarayonidir. Bu jarayonda, odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o`z manfaatini amalga oshirishni ko`zlaydi.
Natijani mo‘ljalga olish– rahbarning o`zi yoki komandasi ishidan kutilayotgan natijaga butun e`tiborini qaratishi, murakkab, lekin erishsa bo`ladigan maqsadlarni oldiga qo`yishi, butun kuchini shunga sarflash, maqsadga va hatto undan ortig`iga erishish xususiyati.
Nazorat etish funktsiyasi – bu rahbarning tashkilot faoliyatini ta`minlovchi mablag` va resurslar haqidagi ma`lumotlarni saqlashi, boshqaruvning ta`sirchanligi haqidagi axborotlarga ega bo`lishi.
NLD (NLP)– muloqotning texnologik uslubi. Neyro (yun. neuron – nerv) – qo`shma so`zlar bo`lagi; nerv sestimasiga aloqadorlikni bildiradi (masalan, neyrolinvistika). Lingvistika (lot. lingua – til) – til haqidagi fan. Neyrolinvistika – psixologiya fani sohasi, afaziyaning psixolingvistik jihatlarini o`rganadi. Dasturlash – biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi. D. – shaxsning xatti-harakatlarini, dunyoqarashi, ichki tuyg`ularini oldindan dastur asosida belgilash.
O‘zgarishlarni boshqarish – rahbardagi tashkilotning samarali ishlashini oshirish uchun zarur bo`ladigan tashkiliy o`zgarishlar va innovasiyalarni qo`llab-quvvatlay olish, tashkiliy o`zgarishlarni tatbiq qilish, homiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishida boshqalarga yordam berish qobiliyati.
O‘ziga ishonch– rahbarning o`z g`oyalari va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlariga ishonchi hamda qarama-qarshi mavqei (pozitsiya)dagi shaxs oldida mustaqil lavozimni egallashga tayyor turish xususiyati.