4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə10/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
4-mavzu

Gender menejment – bu xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar sharoitida shaxsning o`z psixologik jinsi xususiyatlarini anglagani holda atrofdagilarni o`ziga qaratish, ularni o`zidagi qobiliyatga ishontirish va o`ziga nisbatan xayrixohligini oshirishga qaratilgan muomala strategiyalaridan bo`lib, bunday xususiyatlarni inobatga olgan boshqaruv faoliyatiga o`qitish tizimi samarali hisoblanadi.
Gorizontal kar’yera – tashkilot ichida bir yo`nalish bo`ylab siljish, masalan, turli bo`limlar bo`ylab bir xil darajali iyerarxiyada.
Guruhiy dinamika – guruh a`zolari o`rtasida o`zaro idrok, histuyg`u va muloqot jarayonining ma`lum tartibda rivojlanish hodisasidir. Rahbarning guruhiy dinamikaga oid hodisalarni bilishi, ularni boshqarish va maqbul yo`lga yo`naltirish imkonini beradi. Taniqli olim R.Shindler guruhdagi xodimlar mavqeidan kelib chiquvchi rollarni ifodalab, ularga quyidagicha izoh berib o`tadi: Alfa guruh yetakchisi, o`zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qat`iylik baxsh etadi. Beta – guruhdagi ikkinchi shaxs – ekspert, ya`ni guruh baholovchisi, sovuqqon, mulohazali, alfaga nisbatan tadbirli, guruhga xos norma va qoidalar himoyachisi. Gamma – passiv moslashuvchi, o`zini oshkora qilmaslikka urinadi. Bunday odamlar odatda to`rt toifaga bo`linadi: 1) alfaga sodiq va unga hamsoya shaxs; 2) loqayd xodim, bundaylar alfa uchun qulay kimsa; 3) o`z mavqeidan norozi, ammo bo`ysunishga majbur; 4) o`z fikriga ega, lekin rahbarga til tekizmasdan guruhdagi mavjud tartibni tanqid ostiga oluvchi shaxs. Omega – guruh nafrati va noroziligi qaratilgan xodim. O. – muxolif, alfaga qarshi chiquvchi xodim
Guruhiy norma – ayni jamoa a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni ma`lum tartibga solib turuvchi yozilmagan, lekin, unga amal qilinishi lozim bo`lgan qoidadir. G.n.lar ushbu jamoada nimani qilish mumkinu, nimani esa mumkin emas, nima yomonu, nima yaxshi kabi talablarni amalda qo`llaydi. G.n.lar orqali har bir xodim o`zidan jamoa nimani kutayotganini, qanday ishni va qay tarzda bajarishi lozimligi haqida ma`lumot olib turadi.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin