4- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik



Yüklə 121,31 Kb.
səhifə13/20
tarix07.01.2024
ölçüsü121,31 Kb.
#209873
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
4-mavzu

Kadrlarni boshqarish – bu tashkilotning butun tarmog`ini rejalashtirish, koordinatsiyalash va nazorat qilish demakdir.
Karyera – insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xulq-atvori va tanlagan yo`nalishi bilan bog`liq lavozim yoki kasbiy o`sishining natijasidir. K. (martaba, mavqe) – bu personalning o`z mehnat istiqboli to`g`risidagi sub`yektiv ravishda anglab yetilgan fikr-mulohazalari, o`zini o`zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasida kutilgan yo`llaridir. K. – boshqacha qilib aytganda, bu insonning hayoti mobaynidiga ish tajribasi va mehnat faoliyati bilan bog`liq alohida anglab yetilgan mavqei va xulq-atvoridir.
Karyerogramma – bu mutaxassisni muqim bir ishda va joyda samarali natijaga erishishida qanaqa yo`lni bosib o`tishi uchun kerakli zaruriy bilim hamda malakalar to`g`risidagi tasavvurlari jamlanmasi (tuzilishi) demakdir.
Kognitiv kompetentsiya – bu rahbarning ma`lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o`zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o`zini o`zi rivojlantirish qobiliyati demakdir.
Konvergentsiya – shaxslararo munosabatlar tizimida muomalaning tig`izligi yoki uning yetishmasligi oqibatida fikr, o`y, maqsad va maslaklarning biriga birining uyg`unlashib, uyqash bo`lib ketishini izohlovchi holatdir.
Komanda – oddiy guruh va jamoadan farq qiluvchi, o`z mavqe va imkoniyatiga ega, shuningdek, guruh taraqqiyotining yuksak pog`onasida turuvchi va yuklatilgan mas`uliyatni chuqur his etuvchi hamfikr xodimlar majmuasidir.
Komandada ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash – komanda liderining guruhni birgalikda ishlashga o`rgatishi orqali o`z qiziqishi, ko`nikmasi va muvaffaqiyatini namoyish eta olish kompetentsiyasi.
Kommunikativ kompetentsiya – bu boshqaruvchining turli tildagi og`zaki va yozma muomala texnologiyalarini o`zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati.

Yüklə 121,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin