4- MAVZU: O‘RTA OSIYODAGI TEMURIYLAR
DAVRIGACHA BO‘LGAN IQTISODIY G‘OYALAR
(2 soat)
4.1. MARG‘INONIYNING “HIDOYA” ASARIDA
IQTISODIY FIKRLAR
Buyuk vatandoshimiz – Imom Burhoniddin Abu-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil al-Farg‘oniy al-Marg‘inoniy 1123-yilda, hozirgi Marg‘ilon yaqinidagi Rishton tumanida tug‘ilib, 1197-yili Samarqandda olamdan o‘tgan va o‘sha yerda dafn etilgan. U yashagan davr O‘rta Osiyoda Uyg‘onish davrining birinchi bosqichi bo‘lmish IX– XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Burhoniddin Marg‘inoniyning yozgan to‘rt jildlik “Al-Hidoya” kitobi sunniylik oqimidagi hanafiy mazhabi bo‘yicha 55 dan ortiq kitob, yuzlab bob, fasldan tarkib topgan bo‘lib, islomdagi barcha mulkiy va nomulkiy huquqiy masalalarni qamrab olgan. Hozirgi kunda ham ushbu asar Misr, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston universitetlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan51.
«Al-Hidoya»ning birinchi kitobi to‘rt jilddan iborat bo‘lib, har birida alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994-yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha:
1- jild – tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat masalalariga bag‘ishlangan.
2- jild – oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalarni yoritgan.
3- jild – oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari,
guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat,
da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik
bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish,
sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan
ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish,
homiyliy, bosqinchilik xususidagi masalalar
yoritilgan;
4- jild – shafe’lik, meros taqsimlash, dehqon-
51 A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 82–83-betlar.
81
qurbonlik qilish to‘g‘risida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo‘yish, jinoyatlar xususida, hun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalarga bag‘ishlangan.
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko‘rinadiki, u juda boy tarixiy tajribani o‘zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to‘g‘rilik, halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifatida ta’riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manba- lardan biri sifatida mo‘tabar qo‘llanma vazifasini o‘tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma’naviy, insoniy fazilatlar shakllanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri tasavvuf, ya’ni so‘fiylik ta’limoti hisoblanadi. Bu ta’limotlar VIII–IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X–XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog‘iga yetib keldi. Bu ta’limot insoniyatni ma‘rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e‘zozlashni targ‘ib qiladi. Nafs, hirs, boylik barcha yomon xislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag‘zi hisoblanadi. Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So‘fiylik ta’limoti nafs deganda, inson fe’l-atvorida uning sha’nini bulg‘aydigan illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dunyoparastlik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, ta’’magirlik, xasislik, baxillik kabilarni tushunadi. Nafsni engish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u o‘zlikni anglashi kerak bo‘ladi 52.
“Hidoya” asarida zakot masalasi. Zakot (ayrim yerlarda “sadoqot” deb nomlanadi) faqir, miskin, zakot yig‘uvchilarga, dilini islomga moyil qilishi uchun ayrim kofirlarga, qullarni ozod qilish uchun va qarzdorlarga, jihod qiluvchilarga, musofirlarga beriladi. Ba’zi joylarda, ilm-u toliblarga ham berilishi mumkin, deb qayd etilgan. Agar hozirgi ta‘biri bilan aytadigan bo‘lsak, ijtimoiy himoyaga loyiq xalq ommasiga yordam qo‘lini cho‘zish deganidir. Ya’ni zakot to‘lashga qodir kishilar
52 Djumanov D., Allaberganov Z.,Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziiyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). –Toshkent, 2016. 24–25-betlar
82
(“nisob”idan ortiqchasining bir qismini) boshqalarga ko‘mak berishi deyarli majburiy shart qilib qo‘yiladi. Shundan bilish mumkinki, jamiyatning tabaqalanishi, boylar va kambag‘allar bo‘lishi tan olinadi.
“Hidoya” asarining yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma’lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytilganda, chiqarilgan asosiy qonunga berilgan to‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi to‘g‘risida qiziq va aniq ma’lumotlar keltiriladi. Xususan, daromadning qiriqdan bir hissasi hisobidan zakot to‘lanishi kerak deyilgan.
Hosildan undirilgan soliq. Dehqonchilikda ziroatchilik eng keng tarqalgan faoliyat turi hisoblangan, aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. Shu sababli aholi daromadida bu soha yetakchi o‘rinni egallagan. Asosiy yerda sun’iy sug‘orish yo‘li bilan, ayrim qismi lalmirkorlik asosida, ya’ni ekinlarni tabiiy qor, yomg‘ir suvlari yordamida sug‘orilib dehqonchilik qilingan. Bundan tashqari, suv bemalol, o‘z oqimi bilan kelmaydigan joylarda koriz-yer osti va buloq suvlari, quduqlar va past yerlardan chig‘irlar yordamida yuqoriga ko‘tarilib, sug‘orish olib borilgan. Ikkinchi holatdagi ishlar ancha murakkab va qo‘shimcha xarajat sarflashni taqozo etgan. Shularni hisobga olgan holda, yomg‘ir, qor suvi bilan sug‘oriladigan yerlardagi hosilning o‘ngdan biri ushr shaklida soliq sifatida olinar edi. Ammo o‘rmon, yaylov, chakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun’iy sug‘oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi miqdorida soliq to‘lanar edi 53.
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy masa- lalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo‘lish yo‘llari, jinoyat va jazo, fuqarolik huquqlari ham ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo‘lgan bir qancha masalalar, xususan, jihod, o‘lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta‘qiblar, ijozatlar qayd etilgan.
Burxoniddin al-Marg‘inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo‘lish bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur’onni yoddan bilgan, uni izohlay
53 Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 85–87-b.
83
olgan, shoir, adabiyotchi bo‘lgan. Tarixiy qo‘lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo‘lishgan.
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o‘z ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo‘lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e’tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to‘lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag‘oyat muhimdir. Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma’lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo‘lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi haqida qiziq ma’lumotlar keltiriladi. Odatda, daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to‘lanishi kerak. Chorvachilikda
40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo‘lsa, olinmaydi. Zakot to‘lashda bir yoshdan kichik qo‘zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya’ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to‘lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (xo‘kiz, tuya)dan to‘lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo‘lsa, ahvol o‘zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to‘lmagan echki, buzoq va bo‘taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig‘idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o‘rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to‘lashi ham mumkin, deyiladi.
Yana muhim bir ko‘rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig‘uvchi eng yaxshi (sara) molni emas, o‘rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan ham to‘lash mumkinligi ko‘rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o‘rtacha nisob (soliq olinishi mumkin bo‘lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya’ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo‘lsa, har qo‘shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.
84
Oltindan olinadigan zakot miqdori o‘ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi (bir misqol o‘rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol (2,5 foiz) zakot to‘lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, ya’ni 12 dan 1 unsiya zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz) zakot olinishi lozim. Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to‘lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yomg‘ir, qor suvi bilan) sug‘oriladigan yerlardagi hosilning o‘ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o‘rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun’iy sug‘oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to‘lanadi.
Burhoniddin al-Marg‘inoniy o‘z asarida zakotni taqsimlash qonun- qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig‘uvchilar, qarzdorlar yig‘ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
Dostları ilə paylaş: |