4.2. FOROBIY ASARLARIDA EHTIYOJ, MEHNAT,
MEHNAT TAQSIMOTI, INSON OMILINING YORITILISHI
Forobiy to‘g‘risidagi iqtisodiy qarashlar respublikamiz54 iqtisodchi olimlari tomonidan “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan darslik, o‘quv qo‘llanma va ma‘ruzalar matnlarida batafsil yoritilgan.
O‘rta asr davrida ilg‘or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–950) hisoblanadi. U ko‘p qirrali olim bo‘lib, o‘z bilimini oshirish yo‘lida tinmay mehnat
54 А.Раззоқов, Ш.Ташматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD- MOLIYA” 2007, Egamov E., Allaberganov Z. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar matni. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010; Asatullayev X., Djumonov D., Allaberganov Z., Xusanov D., Mamadiyorov O. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni) Toshkent 2014; Djumanov D., Allaberganov Z.,Husanov D., Mamadiyorov O., Ruziiyev B. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni) – Toshkent 2016, Д.Джумонов, З. Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017.
85
qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo‘lga chiqqan55.
Forobiy bir asarni bir marta o‘qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o‘qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o‘qigan nusxasi topilgan bo‘lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o‘qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o‘qidim, lekin yana o‘qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‘qib o‘rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan.
Forobiy bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir.
«Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‘zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‘ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan hisoblanadi. Shubilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o‘tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Abu Nasr Farobiy (870–950)
Forobiy Platonga o‘xshab ideal
tuzum to‘g‘risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‘ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli bo‘ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‘zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi
to‘g‘risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‘zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‘rsatib bera olmadi. Shu
55 Джумонов Д., Аллаберганов З. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017, 45–47-б.
86
narsani qayd qilib o‘tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to‘g‘risidagi talqinida ko‘rinadi, unda adolat o‘rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funksiyalaridan deb e‘tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: |