Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi.Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.

Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his etish, G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning maqsad, G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.

Shaxs mustahkam iymon-e`tiqod, G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini ifoda etadigan insondir.