Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy sharoitda shahs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shahslar timsoli aks ettirilmoqda.

O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish sharoitida fozil va barkamol inson shahsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’z oldiga ana shunday shahsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi.
Inson tarihning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta`minlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi
Inson tabiati — G’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma`naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi.

Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir.«Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi.Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi.Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi.Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas.Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi.Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat