4- sinf ona tili darslarida gapni o’rgatish tizimi mundarija



Yüklə 39,17 Kb.
səhifə8/11
tarix20.11.2023
ölçüsü39,17 Kb.
#165420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA GAPNI O’RGATISH TIZIMI

Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:

  1. Aralash berilgan so‟zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish. Bunda so‟zlar grammatik materialning o‟rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‟zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‟da, bog‟bonlar, terdilar (Bog‟bonlar bog‟da meva terdilar); b) o‟rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‟zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, «Otlarda birlik va ko‟plik» mavzusi o‟tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‟zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o‟ynamoq.


  2. Nuqtalar qo‟yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‟z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‟g‟ri o‟qish va yozishga o‟rgatadi.


  3. Berilgan sodda gapni so‟roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qaerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qaerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan o‟z uyalariga uchib keldi
  4. Berilgan gapga o‟xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli


sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‟quvchilarga «Quyosh yoritadi va isitadi» kabi gap beriladi, o‟quvchi esa «Ravshan o‟qidi va ishladi» kabi gap tuzadi.


  1. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‟lakli sodda gap tuzish. Masalan, «Bahorda qaldirg‟ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar ham uchib ketadi» gaplaridan uyushiq bo‟lakli «Bahorda qaldirg‟ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi» gapi tuziladi.


Ijodiy mashqlarda o‟quvchilar o‟zlari erkin ravishda gap tuzadilar.
Boshlang‟ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
  1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‟quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.


  2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‟quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.


  3. Ikki-uchta «tayanch» so‟z beriladi, o‟quvchilar shu so‟zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‟z sifatida bolalarning faol lug‟atiga aylantirish zarur bo‟lgan so‟zlar olinadi.






Yüklə 39,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin