Mavqei salbiy bo’lmasligi uchun bizning xizmatimiz barcha tavsifi to’g’risida
aniq tasavvurga ega bo’lish zarur va shuning uchun biz xizmatlarning ishlab
chiqarish jarayoni to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishimiz zarur. Biz aynan
xizmatlarni ishlab chiqarishni texnologik jarayonini turistga tushuntiramiz, ya’ni
N-shahriga kelgandan so’ng uni samolyot zinasida avtobus kutib turadi, uni
televizor bilan jihozlangan va dengiz ko’rinib turgan nomerga ega bo’lgan besh
yulduzli
otelga joylashtiriladi, hamda har kuni mijozning ona tilini bevosita
biluvchi gid-tarjimon kuzatuvida ekskursiyaga chiqadi. Faqatgina mijozning o’zi
xizmatlarni ishlab chiqish rejasi bilan real iste’molning mosligiga ishonch hosil
qilishi mumkin.
Bu moslik ehtimoli 100% ga teng bo’lishi uchun biznes-rejada xizmatlarni
ishlab chiqishni barcha texnologiyasi aniq aks ettirilgan bo’lishi kerak, ya’ni mijoz
kutayotgan xizmatlar bilan uning tasavvuri orasidagi farq nolga tenglashtirilgan
bo’lishi kerak.
Moddiy tovarni ishlab chiqish jarayoni bilan turistik
xizmatni ishlab chiqish
jarayoni o’rtasidagi farq mavjud, birinchi holatda mijoz tovarni qanday ishlab
chiqarilgani bilan qiziqmaydi. Masalan televizor-asosan yaxshi ishlasa bo’ldi,
barcha kanallar mos ravishdagi dizayner stilida to’liq ko’rsatsa bas, ikkinchi
holatda u yoki bu turistik mahsulotni tanlashda mijoz aynan xizmatni ishlab
chiqish jarayonini bilishi zarur.
Shu tarzda xizmatlar ishlab chiqarish va uni joriy qilish o’rtasidagi farqning
bo’lishini ifodalash mumkin. Mijoz ko’rishi, eshitishi, sezishi xizmatlar tarkibiga
kiruvchi barchasini his etish uchun talab qilinadigan resurs va jarayonlar tavsifini
biznes-rejani “ishlab chiqish rejasi” bo’limida o’z aksini topadi.
Mijoz sizning
xizmatingiz to’g’risida bilishi, uni iste’mol uchun zaruriy ekanligini aniqlash, uni
harid qilish va uni yana qayta harid qilishi to’g’risida barchasi “tur xizmatlarni
joriy qilish strategiyasi”ga kiradi.
“Xulosa” qismi uning matni biznes-rejani oxirida barcha asosiy moliyaviy
ko’rsatkichlar aniqlangandan so’ng tuziladi, biznes-rejaning birinchi bo’limi bo’lib
hisoblanadi. Xulosada quyidagilar aks etish maqsadga muvofiqdir:
−
biznes g’oyaning qisqacha tavsifi;
−
taqdim etilayotgan xizmatning dolzarbligi, ya’ni mahsulotingiz bozorga
qay darajada kerakliligi;
−
biznes-rejaning maqsadi, biznes-reja kimga mo’ljallangan
va siz kimni
ishontirishga o’rinayapsiz;
−
loyixaga qo’yiladigan cheklanishlar, biznes rejani tuzishga ta’sir
ko’rsatuvchi qanday moliyaviy cheklanishlar, hamda loyihani qanaqa ishlab
chiqarish resurslari bilan cheklab qo’yilganligi va boshqalar;
−
matnda foydalanilgan so’z va iboralarning ta’riflar biznes-rejada
o’quvchiga notanish bo’lgan maxsus tushunchalardan foydalansangiz unda ularga
alohida ta’rif berish zarur bo’ladi.
Turizmda
bu ayniqsa dolzarb hisoblanadi, chunki ko’pgina tushunchalar
qonuniylashtirilgan bo’lsa ham, lekin shunga qaramasdan barcha investorlar hali
“turmahsulot” yoki “turoperator” tushunchalari ta’rifi bilan to’liq tanish emasligi
ma’lum bo’lmoqda.
Sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasida kerakli shart -sharoitlarni
shakllantirish bo’yicha ixtisoslashgan moliyaviy tashkilotlar
tashkil etish turizm
soxasiga juda foydali bo’lishi mumkin. Bunda soha bo’yicha davlat boshkaruv
organlari, biznes vakillari (assotsiatsiyalar, jamiyatlar kabi soha jamoatchilik
tashkilotlari) hududiy hokimiyatlarning muvofiqlashtiruvchi harakatlari talab
etiladi. Bunday manfaatdor tomonlarning mavjudligi kerakli investitsion iqlimni
yaratishga asos bo’ladi.
Turizm sohasida chetdan keladigan moliyaviy mablag’larni
jalb qilish
bo’yicha ancha murakkabliklarga ega. U nafaqat yuqori o’sish sur’ati, balki har
tomonlama qayta shakllanish bo’yicha harakati bilan tez rivojlanadi. Turistik
xizmatlar to’lab berishlik qobiliyatiga ega bo’lgan talabga qaratilgan bo’lib, sohaga
sezilarli moliyaviy oqimlar kelib tushadi. Bundan tashqari ba’zi hududlarda turizm
rivojlantirilsa u asosiy sohaning biriga aylanib katta daromad olib kelishi mumkin.
Soha muammolarini hal etish bo’yicha ixtisoslashtirilgan moliya institutlarini
(birinchi navbatda banklar va investitsiya fondlari) tashkil etish turizmni
rivojlantirishdan manfaatdor bo’lgan barcha tomonlarni qoniqtiradi. Bu narsa
nafaqat turistik tashkilotlar balki moliyaviy tashkilotlar
uchun ham qiziqish
uyg’otishi mumkin. Moliyaviy tashkilot, masalan, bank birinchidan, soha bo’yicha
mutaxassis-moliyachi o’rin birligi joriy etib unga soha xususiyatini chuqur bilgan
mutaxassisni jalb etishi, ikkinchidan o’z faoliyati davomida turistik bozorda
bemalol haraktlanish uchun kerakli bo’lgan va chet ellik hamkorlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni to’plab muhim xulosalar chiqarishi mumkin.
Moliya tashkilotlari uchun turizm sohasining yana bir qiziqtiradigan tomoni
keng qamrovli sug’urgalash faoliyatidir. Buni hisobga olgan holda moliya-sanoat
guruhiga sug’urta firmasini kiritish maqsadga muvofiq bo’lib u bilan hamkorlik
qilish bank uchun ham foydali bo’ladi.
Turistik sohaning moliviy soha bilan uzviy bog’liqligini asoslab o’tirishga
hojat yo’q. Faqat turistik soha iivestitsiyalar uchun «buyurtmachi»
sifatida
moliyachilar bilan uzviy aloqada bo’lishi o’z zimmasiga olishi kerak. Gap turistik
sohaning ma’lum bir yo’nalishiga bank tomonidan xizmat ko’rsatilishiga emas
(bunday masalalar «korxona-bank» ko’rinishida amalga oshiriladi) balki «turizm
sohasi-mablag’lar» hamkorligi to’g’risida bormoqda. Shuning uchun sohani uning
umumiy manfaatdorligini aks ettiruvchilar tashkil etishi kerak. Bularga soha
assotsiatsiyasi, davlat boshqaruv organlari vakillari misol bo’la oladilar.
Dostları ilə paylaş: