takomillashtirish. Turistik faoliyat va turistik xizmatlarning turli xillarini o’z ichiga
olgan yangi joylashtirish ob’ektlarini yaratish. Amaldagi joylashtirish ob’ektlar
bo’yicha investitsion loyihalar turistik xizmatlar sifati va yig’ish to’liqligini talab
darajasiga yetkazish bo’yicha ularni ta’mirlash va modernizatsiyalashdan iborat.
Yuqori sifatli xizmatlar ko’rsatish natijasida (ayniqsa poytaxt, qator kurortlar
joylashgan tumanlar misolida) joylashtirish obe’ktlari qurilishi ko’payaveradi.
O’zbekiston uchun turizmga investitsiyalarning istiqbolli yo’nalishini yo’lga
qo’yishda mehmonxona xo’jaligi va qo’shimcha joylashtirish vositalarini barpo
etish ko’zda tutilgan. Joylashtirish vositalarini biznes rejalashtirishning muhim
vazifalaridan biri investitsion loyihani amalga oshirishda uning qulay tashkiliy
shakllarini aniqlashdir.
Mehmondo’stlik
industriyasining
tashkiliy-huquqiy
shakllarini
rekonstruktsiyalash va modernizatsiyalashda o’zgartirishlar kiritish uchun tegishli
sabablar bo’lmog’i zarur. Masalan:
−
ob’ektlar xususiy egalari o’rtasida eng qulay o’zaro munosabat o’rnatish
zaruriyati;
−
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shimcha moliyaviy
vositalarni jalb qilishga imkoniyat yaratuvchi tashkiliy-huquqiy shaklga o’tish.
Shunga o’xshash muammolar investitsion loyihalarni barpo etishdagi yangi
tashkilotlarning tashabbuskorlari – yuridik shaxslar tomonidan yechiladi. Bu
tabiiy, chunki egiluvchan tashkiliy-huquqiy shaklda yaratilgan tashkilotlarda bu
erkinlik harakatlari qonunchilik asosida bo’lishi bir tomondan, ikkinchi tomondan,
qonunchilik asosida xususiylashtirilgan mulkdorning istaklarini himoya qilishga
qaratilgan bo’lib menedjerlar va mulkdor o’rtasidagi munosabatlar shartidir.
Dostları ilə paylaş: