mashinani o‘ng yoki chap tomonlarga birmuncha surib yuritish imkonini beradi.
Iloji boricha traktorning tortish kuchini yo‘nalishi mashina yoki mashinalar
to‘plamiga simmetrik ulanishi ma’qul bo‘ladi, aks holda ularning sudrashga
qarshiligi ortib, texnologik jarayonni birmuncha o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Tirkama mashinalar bilan ishlashi uchun ko‘pchilik g‘ildirakli traktorlarning
o‘rnatish mexanizmini bo‘ylama tortqilariga 4 (17-rasm) tirkash qurilmasi
mahkamlanib, u shataklagich 2 va qo‘shish sirg‘asidan iborat. Traktor to‘ntarilib
ketmasligi uchun o‘rnatish mexanizmining markaziy tortqisidan tirkash qurilmasi
sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Bu usul tirkalma holatda ishlatiladigan pluglar, tekislagichlar, tirmalar, chizel-
kultivatorlar, transport vositalari va boshqa mashinalarda foydalaniladi.
Uning afzalligi shundaki, dalaning notekisligi sababli traktorda vujudga
kelgan tebranishlar tirkalma qishloq xo‘jaligi mashinalariga uzatilmaydi. Natijada
ishning sifati yuqori bo‘ladi.
Kamchiligi agregatning dala boshi va oxirida orqaga burilishi birmuncha
murakkab bo‘lib, salt yurishlar ko‘payadi, bu holat ish unumini birmuncha
pasayishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi paytda zamonaviy qishloq xo‘jaligi traktorlari asosan osma
mashinalarni agregatlash uchun gidravlik boshqariladigan osish qurilmalari (18-
rasm) bilan jihozlangan bo‘lib, ular uch va ikki nuqtali osish ko‘rinishida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: