4-amaliy mashg`ulot: miqdorlarni o’lchash, O‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi


Uzunlik va yuza o’lchov birliklari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/8
tarix18.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#116016
1   2   3   4   5   6   7   8
4- AMALIY MASHGULOT

Uzunlik va yuza o’lchov birliklari
Uzunlik o`lchov birliklari haqida qisqacha ma`lumot:
Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar uzunroq–qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri aniqlay oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib berish, uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov asboblaridan foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi davridayoq o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “Miqdor” so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har doim ko‘rsatib berishdan iborat.
“Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan hossasi sifatida shakllantirish.
Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashdan boshlanadi.
Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir-birining ustiga shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib tursin. Keyin tasmalarni bir-birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami? Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo‘lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan katta bo‘lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin