Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. 1-4-sinflar matematika darsligida massa, sig’im o`lchov birliklariga oid:
1. Bir xil nomli massa o’lchov birligini taqqoslashga misol keltiring.
2. Har xil nomli massa o’lchov birligini taqqoslashga misol keltiring.
3. Rasm va jadval asosidagi masalalarga matnli masala tuzing va yeching.
4. Massa o’lchoviga doir matematik diktant yozing.
5. Massa va sig’imga doir masalalarni yeching.
7. “Killogram” mavzusida dars parchasi yozing.
8. Massa va sig’im o`lchov birliklarini qaysi interfaol metodlardan foydalanib o`quvchilarga o`rqatgan bo`lar edingiz?
Massa o`lchov birliklarini qaysi interfaol metodlardan foydalanib o`quvchilarga o`rqatgan bo`lar edingiz: (masalan klaster metodidan foydalanib o`rgatgan bo`lar edingizmi?).
1.8 ta idishga sut quyildi. Agar har bir idishga 9 l kam quyilsa, hamma idishdagi sut 104 l bo’lar edi. Har bir idishga necha litrdan sut quyilgan?
2.Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket va ikkita 5 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, konfet solingan bitta paketning og’irligi qancha?
3.Tarozining bir pallasida bir xil uch banka olma sharbati va bitta 5 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to’rtta 2 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, bir banka olma sharbatining og’irligi qancha?
4.Bir kishi 4 kg olma sotib oldi. Pul to’laganda sotuvchidan 40 so’m qaytim oldi. Agar bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana 40 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. 1 kg olma qancha turadi?
5.Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet olganda edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m turadi?
6.Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo’lsa, yuk mashinalar nechta?
7.Baliqchi bir baliq tutdi. Shu baliq dumining massasi 1 kg ga teng. Boshining massasi dumi bilan tanasi yarmining massasi qancha bo’lsa, shuncha. Tanasining massasi esa boshining massasi bilan dumining massasiga teng. Butun baliqning massasi qancha?