4-amaliy mashg`ulot: miqdorlarni o’lchash, O‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi


Massa va sig’im o’lchov birliklari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə5/8
tarix18.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#116016
1   2   3   4   5   6   7   8
4- AMALIY MASHGULOT

Massa va sig’im o’lchov birliklari
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, “og’irlik”, “og’irlikni tortish”, “og’irlik toshlari”, “og’irlikni tenglashtirish”, so’zlarini iloji boricha ishlatmay, “massa”, “jismlarning massasini o’lchash”, “massani o’lchash asboblari” kabi so’zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasiga ko’ra “og’ir”, “yengil” so’zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.
Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, “yengil”, “og’ir”, “bir xil og’irlikda” kabi so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o’lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o’lchab to’ldirish ishlari amalga oshiriladi.
O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi.
“Idishlarning sig’imi”, va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
“Litr” darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.
1.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami?
2.G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq
3.Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi qoshiq bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq
O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb ataladi. So’ngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig’imini aniqlash topshiriladi.
O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.
1) magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar o’lchashni bilib olishadi;
2) banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish;
3) bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish.
2-sinfda o’quvchilari gramm bilan tanishadilar. Bolalarga 1 g, 2 g, 3 g deb tangalarni o’lchab, ularning qanday og’irlikka ega ekanligini amaliy ko’rsatadi.
Shulardan keyin savdo tarozisi va katta tarozi bilan tanishtiriladi. Buning uchun yaqin oraga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
3-sinfda “sentner”, “tonna” kabi massa o’lchovlari tushunchalari bilan tanishadilar.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin