4. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti


Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix31.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#78207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
4.Axborot jarayonlarining dasturiy ta minoti

4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz

Dasturlar
- bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Istalgan 
kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va 
natijalar olishdan iborat bo’ladi.
Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali 
bajariladigan dasturlar to’plami tushuniladi. 
O’z o’rnida dasturiy ta’minot – kompyuter tizimlarining ajralmas qismi 
hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo’ladi. 
Aniq kompyuterni qo’llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning 
imkoniyatlari bilan belgilanadi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va 
uzluksiz o’zaroharakatda bo’ladi. 
Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun 
ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi; 
2) prosessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o’qiydi va uni 
bajarishni amalga oshiradi;
3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, prosessor 
tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 
4) prosessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so’rovlar yuborishi va 
o’zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. 
Berilganlarni kompyuterda qayta ishlash 
 
Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta 
ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim. 
Berilganlar
– kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo’lgan shaklda 
ifodalanadigan axborotlardir. 
Buyruq
– u elementar instruksiya bo’lib, unda kompyuterning u yoki bu 
amalni bajarishi ifodalaniladi. Prosessorni biror-bir operatsiyani amalga 
oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar ketma-
ketligini bo’lishi zarur bo’ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin