4.Urdushev X. Informatika va axborot texnoljgiyalari. SamQXI.uz
18
Uskunaviy dasturiy ta’minotlar
o’zida yangi tuziladigan dasturiy
mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash, testlash va tadbiq qilish jarayonlarini
ta’minlovchi maxsus dasturiy mahsulotlarini qamrab oladi.
Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish texnologiyalariga mo’ljallangan
yo’nalish tezkorlik bilan rivojlanmoqda.
Dasturlash, dasturiy ta’minot vositalarni ishlab chiqish vositalari sifatida,
dasturlarni hayotiy siklini va dasturiy muhandisliklikni boshqaruvchisi sifatida,
bugun alohida sanoatni tashkil qiladi. Shu boisdan dasturiy ta’minotlar
funksional alomatlariga ko’ra birlashtirilib, ulardan uskunaviy dasturiy
ta’minotlar sinfi shakllantirildi.
Dasturlashning uskunaviy texnologiyalari
. Bu dasturiy vositalar majmui
bo’lib, u dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tadbiq etish
texnologiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishda bajariladigan ishlar qamrovidan kelib
chiqib, ilovalar ishlab chiqish (tuzish) vositalarini dasturiy ta’minotini ikkita guruhi
shakllangan:
1.
Ilovalar tuzish vositalari
– dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlovchi,
uskunaviy dasturiy vositalar;
2.
Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalari. CASE-
vositalar
,
(Computer-AidedSystem
Engineering,
CASE
)
-
tahlil
metodlarini, loyihalashni va dasturiy tizimlarni yaratishni va axborot
tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan
uskunaviy dasturiy vosita.
Dostları ilə paylaş: