4. Faoliyat haqida psixologiyasi



Yüklə 240,47 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü240,47 Kb.
#206161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4. Faoliyat psixologiyasi

Faoliyatning tarkibi


Inson faoliyati juda xilma-xildir. Unga mehnat, pedagogik, badiy-ijod, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish, shuni ko’rsatadiki, faoliyat tashqi dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo’ladi. Har qanday faoliyatda inson o’z xatti-harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tarkibini o’ylaydi, irodaviy zo’r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va maqlubiyatini o’ylaydi.
Faoliyat bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo’lish sharoiti, ikkinchidan, shu faoliyat sub'ekti bo’lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog’liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni: maqsad-motiv-harakatni ajratish mumkindir.
Maqsad - inson faoliyati so’nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo’ladi va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir.
Motiv - kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi.
Ish-harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi-ko’pmi uzoq yoki yaqin bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug’iladigan qator juz'iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo’ladi. Quyidagi harakatning muhim tarkibiy qismlari ko’rsatilgan.




HARAKAT KOMPONENTLARI

M A R K A Z I Y
(fikrlovchi)



VA UNING ASOSIY FUNKSIYALARI

B A J A R I SH


B O SH Q A R I SH


N A Z O R A T

Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o’zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish-harakat (sa'i-harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istalgan bir ish makon va zamon bilan bog’liq bo’lgan ma'lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan: "A", "I" harflarni yozishdagi harakatlar, bir- biridan farq qiladi. Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko’rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko’p, rang-barangdir. Shunday bo’lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; "olmoq", "joyini o’zgartirmoq", "quyib yubormoq" bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi. Predmetli harakat tarkibi quyidagicha izohlanadi.




Yüklə 240,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin