b) 6.2-rasm. Quritish egri chizig`i (a) va quritish tezligi egri chizig`i (b)
Keyingi yillarda ko‘pgina texnologik jarayonlarni jadallashtirish uchun muallaq qatlamli qurilmalardan ko‘proq foydalanilmoqda. Bunday qurilmalarda dispers faza gazsimon yoki suyuq muxit bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Bunday jarayonlarga donador materiallarni muallaq xolatda quritish xam kiradi. Quritishning bu usulining afzalligi eng avvalo, jarayonning yuqori intensivlikka ega bo‘lishi va qurilma konstruksiyalarining soddaligi xisoblanadi.
Nam holdagi zarrachaning quritish agenti oqimi muallaq qatlam bilan o‘zaro ta’sirlashishi konvektiv quritishning turlaridan biri bo‘lib, bunda alohida zarrachaning suvsizlantirilishi davrda o‘zgarmas va quritish tezligining kamayishi bilan boradi. Uzluksiz sxema bo‘yicha ishlanganda materialning muallaq qatlamda intensiv aralashtirilishi natijasida uning turli xil miqdorlari quritish zonasida bir xil vaqt davomida bo‘lmaydi va shu tufayli chiqarib olinayotgan material zarrachalarining namligi xam bir xil bo‘lmaydi. CHiqarib olinayotgan materialning namligining bir xil bo‘lmasligi, balandligi kichik bo‘lgan muallaq qatlamli quritishlarda bir muncha kamroq bo‘lishi bilan tushintiriladi.
Materialning muallaq qatlamda to‘liq bir me’yorda quritiliishiga davriy ishlovchi apparatlardagina erishii mumkin. Ko‘pgina xollarda quritilayotgan materialning oxirgi namligining bir xil bo‘lmasligi unchalik muhim bo‘lmaydi. CHunki texnologlarni quritishdan chiqarib olinayotgan materialning namlik miqdorinigina qiziqtiradi. Bunga esa materialni omborda saqlash davrida xam erishi mumkin.
Ishning maqsadi: Muallaq qatlamli quritgichning ishlashi bilan tanishi va jarayonning asosiy xarakteristikasini aniqlash.