4-Laboratoriya ishi Mavzu: Quritish qurilmasida qurish jarayonini o`rganish. Quritish jarayonining kinetikasi



Yüklə 188,3 Kb.
səhifə5/8
tarix28.09.2022
ölçüsü188,3 Kb.
#64267
1   2   3   4   5   6   7   8
4-l

Qurilmaning tuzilishi

Nam xoldagi material (diametri 2 dan 5 mmgacha bo‘lgan silikagel donalari) quritish kamerasiga ichidagi vertikal o‘qda kichik chastota bilan aylanuvchi parrak o‘rnatilgan bunker (1)dan berib turiladi. Bunday ta’minlagich bir-biriga kam yopishuvchan bo‘lgan sochiluvchan materialni bir me’yorda uzatib turishni ta’minlaydi.


Quritish kamerasi (2) silindr – konusli shaklda bo‘lib, uning pastki qismi quritish agenti (havo)ni berish to‘xtatib qo‘yilgan holda, trubaprovodga materialning qulab tushishining oldini olish uchun panjara (4) bilan ta’minlangan. Qurilmaning silindr – konussimon shaklda bo‘lishi birmuncha maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday qurilmalardan fraksion tarkibi keng oraliqda bo‘luvchi polidispers materiallarni, tez yopishib qoluvchi polidispers va suspenziyalarni quritishda ko‘proq foydalaniladi. SHunday shakldagi quritish apparatining keng imkoniyatlarini shu bilan tushuntirish mumkinki, bunda apparatning kichik kesimga ega bo‘lgan qismida issiqlik tashuvchining katta tezlikda xarakatlanishi yirikroq zarrachalarni xam muallaq xolatga o‘tkazadi. Quritish jarayonida bunday yirik zarrachalar yuqori temperaturali zonalarda ko‘proq bo‘lishi talab etiladi. Silindr – konusli apparatda bu talablar avtomatik rejimda ta’minlanadi. Darxaqiqat, materialning yirikroq bo‘laklari qurilmaning quyi, bir muncha tor qismiga tushishga xarakat qiladi va bunda havo temperaturasi va tezligi bir muncha katta bo‘ladi. Bunday holda qurilmaning yuqori qismida yirikroq donachalarni muallaq xolatda ushlab turish uchun quritish agentining tezligi juda kichik xisoblanadi. Bunda quritilgan maxsulot muallaq qatlamning yuqori qismidan olinganligi uchun yirik, hali nam holdagi donalarni chiqarib olish extimolligi kam bo‘ladi. Quritgichning korpusida ikkita kuzatish oynasi (3) qo‘yilib, bunda quritilayotgan materialning holati kuzatib boriladi.
Quruq materialni chiqarib olish boshqarib turuluvchi balandlik ostonasi orqali olib boriladi. YUklash patrubkasiga qalinligi katta bo‘lgan rezina shlang orqali zich holatda quritilgan maxsulot to‘plagichi (5) ulangan. Germetiklik (zich xolat) quritgichdagi bosim tenglashtirilgandan keyin quritilgan materialni uzluksiz chiqarib turish va binoda havo to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak bo‘ladi. Quritish agenti (havo) binodan ventilyator (14) yordamida so‘rib olinadi va ichki diametri 50 mm bo‘lgan truba bo‘ylab quritish kamerasiga uzatiladi. Quritgichdan keyin havo siklon (13) dan o‘tadi va bunda quritgichdan keyingi havo tarkibidagi mayda zarrachalar ushlab qolinadi.
Havo sarfi jilg‘ich (8) bilan bir me’yorga keltiriladi va differensial manometr (10) ulangan normal diafragmma bilan o‘lchanadi. Quritgichdan oldin temperatura termopara bilan o‘lchanadi va elektron galvanometr (potensiometr) (11) yordamida o‘zgartirib turiladi. U elektro kaloriferga ulangan bo‘lib, u 220 V li 3 fazali o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanadi. Kaloriferga berilayotgan va quritish kamerasidan chiqib ketayotgan havoning xarakteristikasi (2) ta psixrometr (7) va (12) larning ko‘rsatishlari bo‘yicha aniqlanadi.

Yüklə 188,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin