Internetning rivojlanish tarixi. Unga quyidagilarni keltirish mumkin:
1960 asosi
ARPAnet (Advanced Research Projects Agency –Network, Ilg’or loyihalar
agentligi tarmog’i) loyihasi amalga oshirilgan.
1972 yilda E-mail xizmati ishga tushirildi.
1989 yilga kelib
ARPAnet ga ulangan kompyuterlar soni 100 000 taga yetgan.
1989 yilda
World Wide Web (WWW) standarti ish boshladi. Uning ixtirochisi va asoschisi
sifatida Tim Berners Leye (Tim Berners Lee) tan olindi.
1990 yilda ARPAnet tarmog’i kengaydi va u
Inter-Network ko’rinishida
Internet deb atala
boshlandi.
1993 yilda Mark Anderson tomonidan birinchi
Mosaik brauzeri yaratildi.
1994 yil kelib
Mosaik brauzeridan foydalanuvchilar soni 340% ga o’sdi.
Internetning asosiy tushunchalari. Internetning asosiy tushunchalari bu:
•
Yo‘naltiruvchi (Router) – bu maxsus kompyuterlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
•
Shlyuz(Gateway) - bunda ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnomalarini Internet
foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi SMPT (Simple Mail Transfer
Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyuter.
Shlyuz bu dasturlar majmuyidir.
•
Trafik- bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.
•
DNS server - bu (Domain Name Service-domen nomlar xizmati) IPmanzillar va
kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server. U yoki bu serverning vaqtincha
ishlamay qolishini nazarda tutib, bir qancha DNS serverlarni ko‘rsatish mumkin.
•
Proxy server. – bu internetda ba’zi bir ma’lumotlarga bir vaqtda ko‘pchilik murojat
qilgani uchun bu ma’lumotlarga oid serverga ulanish sekin bo‘lishi mumkin. SHuning
uchun ko‘pchilik murojat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda ham saqlanadi.
Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.