4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix25.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#148138
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
4-ma\'ruza

Web-sayt tushunchasi va shakli.
Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so’zining 
o’zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish mumkin bo’lgan va 
noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil Web-saytning bosh sahifasi 
manzilini ko’rsatadi. O’z navbatida, bosh sahifada Web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa 
saytlarga murojaatlari mavjud bo’ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, 
texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil 
topgan bo’lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil 
maydoniga kerakli Web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Web portal tushunchasi.
Web portal (inglizcha “portal” – darvoza so’zidan olingan) - bu 
Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va 
x.k) ko’rsatuvchi yirik Web-sayt. Portallar gorizontal (ko’p mavzularni qamrovchi) va vertikal 
(ma’lum mavzuga bag’ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va 
mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo’lgan), shuningdek ommaviy va korporativ 
bo’lishi mumkin. 
Web saytlarning toifalari va vazifalari.
Web saytlarning asosiy vazifasi shundan 
iboratki, ular biror faoliyat, voqyea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. 
Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin: 
Ta’lim saytlari. 
Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va 
masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz 
Reklama saytlari.
Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy 
qilish saytlari kiradi. 
Tijorat saytlari.
Bu turdagi saytlarga internet do’konlar, internet to’lov tizimlari va 
internet konvertasiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin