4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix25.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#148138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
4-ma\'ruza

Ko’ngilochar saytlar.
Bu turdagi saytlarga kompyuter o’yinlariga, fotogalereyalarga, 
sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag’ishlangan saytlarni kiritish mumkin, 
masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz 
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari.
Bu turdagi saytlarga tanishish, do’stlarni qidirish, anketalarni 
joylashtirish va o’zaro muloqot o’rnatishga bag’ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: 
sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru 
Korxona va tashkilotlar saytlari.
Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo’jalik va 
boshqaruv organlari saytlari kiritiladi. 
Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish.
Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk 
tizimi, FTP kliyent dasturlari yoki Web interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish 
mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan 
joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun 
foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo’lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat 
berilmaydi. 
Ma’lumotlarni yuklab olish Web interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga 
oshiriladi. Bunda ko’rilgan Web saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali 
yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko’rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak 
bo’lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo’ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi. 
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili.
Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – 
URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan 
foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi 
manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi. 


Kompyuter 
domen 
manzilining 
namunaviy 
ko’rinishi 
quyidagicha: 
http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning 
tagiga chiziladi. 
Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O’ng 
tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, 
keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko’p 
qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik 
joylar bo’yicha nomlanadi. 
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko’rinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin