4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja


 Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta’siri va ulardan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#84073
1   2   3   4   5
4 Mavzu (Oz) HFX (1)

2. Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta’siri va ulardan 
himoyalanish 
Ishlab chiqarishdagi ishchi zonalar havosi kо‘p hollarda texnologik 
jarayonlarning tabiiy zaharlari bilan ifloslanadi. Pechkalarda, qozonxonalarda va 
ichki yonuv dvigatellarida yoqilg‘ilarni yonishi is gazini hosil bо‘lishiga sabab 
bо‘ladi. 
Masalan, qishloq xо‘jaligida qо‘llaniladigan kо‘pgina zaharli moddalar, maxsus 
moddalar hisoblanib о‘simliklarni hosildorligini oshiradi, ularning zarar 
kunandalarini esa о‘ldiradi. Ular tarkibiga mineral о‘g‘itlarni va 150 xilga yaqin 
zaharli ximikatlarni kiritish mumkin. 
Bulardan tashqari neft mahsulotlari, lak, bо‘yoq, kislotalar, ishqorlarning 
xavfli bug‘lari, gazlari ham mavjudki, ular ham qishloq. xо‘jaligi va sanoatda keng 
qо‘llanilib inson uchun xavfli moddalar ekanini о‘nutmaslik lozim. 
Ayrim zaharlar inson organizmiga nafas olish va ovqat qabul qilish 
organlari orqali kiradi. Uncha kо‘p bо‘lmagan miqdordagi zaharli moddalarni 
(qо‘rg‘oshin, simob) uzoq vaqtli ta’siri uzluksiz kasbiy zaharlanishga olib kelsa, 
uning katta miqdori о‘tkir zaharlanishga sabab bо‘ladi. Kо‘pgina zaharli moddalar 
haroratining oshishi bilan suyuq holatdan bug‘ va gaz holatga oson о‘tadi va shu 
kо‘rinishda nafas olish organlari orqali inson organizmiga kiradi. 
Inson о‘pkasining nafas olish yо‘llari orqali bu moddalar havo bilan 
birgalikda qonga sо‘riladi va katta qon aylanish sistemasiga о‘tib, boshqa yо‘l bilan 
organizmga kirgan shunday moddalarga nisbatan organizmga 20 baravar kuchli 
ta’sir etadi. Masalan, benzin xona haroratida 1 m
2
sirtdan 400 g/soat tezlik bilan 
bug‘lanadi. Boshqa neft mahsulotlariga nisbatan u organizmni kо‘proq zaharlaydi. 
Benzinning konsentratsiyasi 3...4 g/m
3
bо‘lganda, undan nafas olgan kishi 2...3 
minutdan sо‘ng yutala boshlaydi, kо‘zidan yosh oqib, yurishda muvozanati buziladi, 
30...40 g/m
3
li konsentratsiyasi esa 3...4 nafas olgandan sо‘ng zaharlanishga va 
hushni yо‘qotishga olib keladi. 


Oltingugurt vodorodi va ammiak yanada xavfli hisoblanadi. Ular chorvachilik 
fermalarida va gung saqlanadigan joylarda tо‘planadi. Ba’zan ularning 
konsentratsiyasi shunchalik yuqori bо‘ladiki, gung tо‘plash joylariga tushib, bir-
ikki nafas olish bilan kishi hushini yо‘qotadi. 
Ayrim zaharlarli moddalar gazi va bug‘ining konsentratsiyasi portlashi mumkinligi 
bilan xavflidir. Masalan, 16...27% ammiak konsentratsiyasi va 0,76...5,03 % benzin 
konsentratsiyasi portlaydi. 
Shunday qilib ishchilarning zaharlanishini, yong‘in chiqishini va portlashni 
oldini olish uchun ishchi zonalar havosidagi zararli moddalar konsentratsiyasini 
nazorat qilib turish kerak bо‘ladi. Buning uchun laboratoriya va ekspress usullardan 
foydalaniladi. 
Laboratoriya usulida ish joyidan olingan iflos havoning kimyoviy tarkibi 
laboratoriyada mukammal tekshiriladi. Ekspress usulda havodagi zararli modda 
konsentratsiyasi bevosita ish joyida tekshiriladigan havoni indiqator quvuridan 
о‘tkazish orqali tekshiriladi. Bu ish UG-2 (8.2-racm) yoki GX-2 gaz tahlil qilgichi 
yordamida amalga oshiriladi. Havodagi zararli gaz yoki bug‘ning konsentratsiyasi 
aniqlangandan sо‘ng, u standart bо‘yicha zararli moddalarning havodagi 
ruxsat etilgan konsentratsiyasi bilan taqqoslanadi. 
Bu ish agar zararli moddaning havodagi konsentratsiyasi ruxsat etilgan 
normadan ortiq bо‘lsa, ishchi zona havosini tozalash bо‘yicha tadbirlar о‘tkaziladi. 
Ishlovchilarni gaz, bug‘ holatidagi yoki qattiq zararli moddalardan 
4.2.-rasm. UG-2 gaz tahlil qilgichi: 1-korpus; 2-s’rish quviri; 3-indikator 
quviri; 4-filtirlovchi patron; 5-silfon quvuri; 6-ampulali yashik. 


himoyalashning eng samarali usuli, zararli ish va texnologik jarayonlarni kompleks 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblanadi. 
Zararli moddalar inson organizmini jarohatlashi, kasb kasalliklarini keltirib 
chiqarishi va boshqa kо‘ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin. 
Organizmga kirib unda har xil buzilishlar, xastaliklar keltirib chiqaradigan 
kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zaharlari hisoblanadi. Ular gazlar, bug‘lar, 
changlar kо‘rinishida bо‘ladi. Sanoat zaharlari organik bо‘lmagan (galogenlar - 
xlor, brom va boshqalar; oltingugurt birikmalari - oltingugurt vodorod, 
oltingugurtli gaz va boshqalar; azot birikmasi - ammiak, azot oksidlari va 
boshqalar; fosfor va uning birikmalari - fosforli vodorod va boshqalar) va organik 
(benzol, spirtlar, oddiy efirlar) zaharlarga bо‘linadi. 
Biologik zararli omillar organizmga har xil ta’sir kо‘rsatadi. Bularga 
ularning allergiya, bosh aylanishi, kо‘ngil aynishi, organizmni qizishi va boshqa 
ta’sir kо‘rinishlarni misol qilib keltirish mumkin. 
Yuqorida qayd qilingan omillar ta’sirini profilaktikasiga ishchi xona havosi 
tarkibidagi mikroorganizmlar miqdorini kamaytirish, dezinfeksiyani qо‘llash, 
bakteriyaga qarshi lampalardan foydalanish; shamollatish sistemalari, kabinalar va 
uskunalarni germitizatsiyasini yaxshilash, bilan havodagi organik changlarni 
miqdorini kamaytirish, maxsus kiyimlardan foydalanish va meditsina nazorati 
kiradi. 
Bundan tashqari organizmga boshqa omillar ham zararli ta’sir etadi. Bular 
jumlasiga kislotalar, ishqorlar, yonilg‘i moylash materiallari va boshqalar kiradi. 
Masalan, benzin teriga ta’sir etib uni yallig‘lantirishi, surunkali ekzemalarga sabab 
bо‘lishi mumkin. Yog‘lash materiallari ta’sirida ham terida ekzema va shunga 
о‘xshash asoratlar paydo bо‘lishi mumkin. 
Benzin va moylash materiallari bug‘idan zaharlanganda bosh og‘rishi, 
kuchsizlanish, kо‘ngil aynishi, yurak urishini tezlashishi, bosh aylanishi kabi 
о‘zgarishlar kuzatiladi. Benzin va yog‘lash materiallari portlashi mumkinligi bilan 
ham xavflidir. Ular bilan ishlaganda gazga qarshi niqoblar, maxsus kiyimlardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Qо‘l terisini biologik qо‘lqoplar bilan himoya qilinishi 
tavsiya etiladi. 
Qurilish uchun ishlab chiqarish obyektlari maydoni qator sanitar talablarni 
hisobga olgan holda tanlanadi. Bularga ichimlik suv manbalarini mavjudligi, 
botqoqliklarni yо‘qligi va boshqalar kiradi. Korxona hududida binolar va 
inshootlar, ularni tabiiy yoritish va shamollatish maqsadida yorug‘lik va shamol 
yо‘nalishiga nisbatan qaratib quriladi. 
Ishlab chiqarish qurilishlari atrofida aholi yashaydigan uylar shamol 
esadigan tomondan quriladi. Buning sababi ishlab chiqarish korxonasidan 
kо‘tarilayotgan tutun, chang, shovqin va boshqalarni ta’sirini kamaytirish 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari yoki qurilmalari va aholi yashaydigan 


rayon о‘rtasida zararli chiqindilar xarakteriga va miqdoriga bog‘liq, ravishda 500-
1000 m kenglikda sanitar himoya zonasi tashkil etiladi. 
Ishlab chiqarish xonasida ishlayotgan har bir ishlovchiga 15 m
3
dan kam 
bо‘lmagan maydon tо‘g‘ri kelishi kerak. Uning poldan shiftgacha balandligi esa 
3,2 m dan kam bо‘lmasligi kerak. Ishlab chiqarishda shovqinli yoki zararli 
moddalar ajralib turadigan jarayonlarni alohida xonada joylashtirish kerak. Ish 
joyidagi pollar tekis va sirpanchiq bо‘lmasligi kerak. Agar pollar sovuq, bо‘lsa ish 
joylarida gilam yoki yog‘och panjara tо‘shalishi kerak. Yelvizakni oldini olish 
uchun tashqi eshiklarda tanbur о‘rnatilishi kerak hamda ularning eshiklarini о‘zi 
yopiladigan qilish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Ishlab chiqarish uskunalari, 
verstaklar ish joylarida shunday joylashtirilishi kerakki, ish joylari orasida 1 metr 
kenglikdagi о‘tish joyi qolishi kerak. 
Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli 
yechinadigan, yuvinadigan va ovqat yeydigan xona hisoblanadi. Bundan tashqari 
300 dan ortiq ishlovchilar ishlaydigan korxonalarda feldsherlik-sog‘lomlashtirish 
punkti bо‘lishi kerak. Agar bir smenada korxonada 15 yoki undan ortiq, xotin-
qizlar ishlasa ular uchun shaxsiy gigiyena xonasi ham bо‘lishi kerak. 
Ishlab chiqarishda nurlanishlarning quyidagi turlari tarqalgan: infraqizil, 
ultrabinafsha, elektromagnit va radioaktiv. Infraqizil nurlarning ta’sir joylari issiq 
sexlar, ultrabinafsha nurlarning manbai quyosh, simob-kvars lampalari, 
elektropayvand yoylari, elektromagnit nurlarining manbai esa radio tо‘lqinlar, 
elektr uzatish tarmoqlari va har xil yuqori generatorlardir. 
Sо‘nggi yillarda qishloq xо‘jalik fani va amaliyotida sun’iy radioaktiv 
moddalar keng tarqalmoqda. Ulardan urug‘larni, о‘simliklarni, oziq-ovqat 
mahsulotlarini nurlashda, tuproq unumdorligini baholashda, о‘g‘itlarning 
samaradorligini, mikroelementlarning rolini, detallarni ta’mirlash sifati va 
yoyilishiga chidamliligini baholashda foydalaniladi. 
Infraqizil nurlar organizmni qizishga, ultrabinafsha nurlanish esa teri osti 
tо‘qimalarida biologik о‘zgarishlarga olib keladi. 
Eng xavfli nurlanish ultrayuqori chastotali (UYUCH) elektromagnitli va 
generatorlardagi juda yuqori chastotali (JYUCH) nurlanishlar hisoblanadi va ular 
radiolakatorlarda, yadroviy fizikada, televideniyalarda, meditsinada, metallarga 
termik ishlov berishlarda keng foydalaniladi. Yuqori va ultrayuqori chastotalar 
maydonlarining ishchi xonalardagi manbalari energiyalarni uzatish tarmoqlari, 
induksion katushka, kondensatorlar va tebranuvchi konturlarni ekranlashtirilmagan 
elementlari bо‘lishi mumkin. 


4.1.-jadval 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin