dispersligi ortishi, ya’ni maydalangan moddalarning solishtirma sirtining
kattalashishi bilan uning ximiyaviy faolligi ortadi.
Changning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Zaharli changlarning hujayra
suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi juda zararli hisoblanadi. Kattaligi 5 mk bо‘lgan
va undan katta chang zarrachalari yuqori nafas olish yо‘llarida, burun bо‘shlig‘ida
ushlanib qoladi va ular shilliq pardani shikastlaydi, yallig‘laydi. Bu holning oldi
olinmasa u zо‘rayib burun bо‘shlig‘ining tozalash (filtrlash) xususiyati pasayadi.
О‘lchami 5 mk dan kichik chang zarrachalari о‘pkaga kirib boradi. Nafas olish
yо‘llariga chuqur kirib, bu yerda uzoq turib qolgan changlar har xil og‘ir
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarishda chang hosil bо‘lishiga va uning inson organizmiga zararli
ta’sir qilishiga qarshi kurash tadbirlari quyidagi yо‘nalishlarda olib borilishi zarur:
1. chang hosil bо‘lishini butunlay yо‘qotadigan texnologik jarayonlarni
takomillashtirish;
2.apparatlar, jihozlar, elevatorlar, transportyorlar, shneklar, bо‘nkerlar va
hakozalarni germetiklash;
3. qо‘lda maydalash ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
4.qurilishda gidrochangsizlantirgich, pnevmotransportlardan keng
foydalanish;
5.changlarga qarshi shamollatkichlar о‘rnatish, chang manbalarini izolatsiya
qilish;
6.xonani nam usulda tozalash;
7.ishchilarni individual himoya vositalari bilan ta’minlash.
Qishloq xо‘jaligida esa bularga qо‘shimcha ravishda germetik kabinalardan
foydalanish va unga majburiy holda toza havoni uzatish hamda uning mikroiqlim
parametrlarini yaxshilashni amalga oshirish juda foydali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: