4-ma’ruza Mavzu: Aromatik uglevodorodlar sintezi


-rasm Platforming jarayoni texnologik sxemasi



Yüklə 292,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.03.2023
ölçüsü292,6 Kb.
#89328
1   2   3   4   5
4-маъруза

1-rasm Platforming jarayoni texnologik sxemasi: 
1,13-separatorlar, 2,11-sovutgichlar, 3-nasos, 4- reaktor gidrotozalash uchun, 
5,10,17- issiqlik almashtirgichlar, 6- trubkasimon pech, 7-9 reatorlar, 12-
sirkulyasiya kompressori, 14- stabillash kolonnasi, 15- kondensator, 
16-yig‘gich, 18- qaynatgich 
Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli platforming texnologiyasi (2-rasm). 


2-rasm. Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli katalitik riforming qurilmasi: 1-
regenyerator; 2-4-reaktorlar; 5-ko‘p kamyerali isitgich; 6-issiqlik almashtirgich; 7 
-sovutgich; 8,11- gaz separatorlar; 9-kompressor; 10-nasos. 
Jarayonda uchta reaktor bir biriga ustma-ust ulangan bo‘lib, bitta kolonna 
konstruksiyasi ko‘rinishiga ega, lekin ular diametr jixatidan bir-biridan farq qiladi. 
Katalizator yuqoridagi birinchi reaktordan ikkinchiga, ikinchidan uchinchi tomon 
harakatlanadi. Pastki reaktordan keyin katalizator 1-regenyeratorga o‘tkaziladi.
Xomashyo 5-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgichga kelishdan avval 
sirkullangan vodorodli gaz bilan aralashtiriladi, so‘ngra 7-ko‘p seksiyali pechning 
birinchi seksiyasiga yuboriladi. 520 oS gaz-xomashyo aralashma 2-reaktorga 
o‘tkaziladi. Reaksiya aralashmasining oraliq isitilishi 7-pechning keyingi 
seksiyasida amalga oshiriladi. 4-reaktorning pastkidan kelayotgan reaksiya 
mahsulotlari issiqlikni regenyerasiyalash tarmog‘idan (6-almashtirgich va 7-suv 
sovutgich) o‘tib 8-past bosimli gaz separatorida suyuq va gaz fazasi bir-biridan 
ajratiladi. 8-separatordan so‘ng gaz 9-kompressorda 1,5 MPa bosimgacha siqiladi 
va 10-nasosdan kelayotgan suyuq faza bilan aralashtiriladi, aralashma 7-
sovutgichda sovutiladi va 11-yuqori bosimli gaz separatorida ajratiladi. 
Bunday sharoitda separasiyaning olib borilishiga sabab, vodorodli gaz bilan 
benzinni olib ketilishini kamaytirish va gaz tarkibidagi vodorod miqdorini 
ko‘paytirishdan iboratdir. 10-kompressor yordamida vodorodli gaz gidrotozalash 
blokiga o‘tkaziladi va 6-issiqlik almashtirgichga kelishdan avval platforming 
xomashyosi bilan aralashtirish tarmog‘iga sirkulyasiyalash uchun yuboriladi. 
4-reaktorning pastki tomonidan zaxarlangan katalizator 1-regenyeratorga 
o‘tkaziladi. U yerda koksni yoqish, oksixlorlash (platina kristallarini yiriklashtirish 
uchun) va promotor xloridlarni qo‘shish ishlari bajariladi. Katalizatorni tiklashda 
vodoroddan foydalaniladi. Regenyerasiyalangan katalizator sovutilgandan so‘ng 2-
reaktorning yuqori tomoniga yuboriladi. 
Texnologik sharoit: 
Xomashyoning reaktorga kelish tempyeraturasi 490-520 oS; 
Reaktor blokidagi bosim 1,2-1,3 MPa; 
Xomashyoning kelish tezligi 1,5-2 soat-1; 


Bosqichlar bo‘yicha katalizorning taqsimlanishi-1:2:4. 
5. Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash. Katalitik riforming jarayonida 
olinadigan katalizatdan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalaniladi. 
Sanoatda aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun ekstraksiya usulidan 
foydalaniladi (6-rasm). Uglevodorod fraksiyasini 1-chi ekstraksiya kolonnasining 
pastki qismiga yuboriladi, u yerda uglevodorod yuqoriga ekstragent tomonga 
harakat qiladi. Ekstragent kolonnaning yuqori qismidan yuboriladi.
Oqimlarni usti va tagida hosil bo‘lgan bo‘shliq separator vazifasini 
bajaradi. Kolonnaning tepasidan keladigan rafinat o‘zi bilan ekstragentning bir 
qismini olib keladi, uning rekupyerasiyasi uchun rafinat 2-chi skrubbyerda suv 
bilan yuviladi, shundan so‘ng undan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 
6-rasm. Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish 
texnologik sxemasi: 1,4 rektifikasiya kolonnalari; 2-
skrubbyer; 3-issiq almashtirgich; 5-separator; 6-ekstragentni 
rekupyerasiyalash kolonnasi; 7- deflegmatorlar; 8-qaynatgichlar 
1-kolonning pastidagi to‘yingan ekstragent 3-isitgichda issiq regenirlangan 
ekstragent yordamida isitiladi va 4-kolonnaga yuborildi, u yerda aromatik 
uglevodorodlarni suv bilan ekstraktiv haydash jarayoni sodir bo‘ladi. 5-separatorda 
suv ajratiladi va uni 4-kolonnaga qaytariladi, aromatik uglevoorodlar aralashmasi 
esa oxirgi rektifikasiya jarayoniga jo‘natiladi. Ekstragent sovutilgandan so‘ng 4-chi 
kolonnaning pastki qismidan ekstraksiya uchun yuboriladi, uning bir qismi esa 
regenyerasiya (qayta tiklash) uchun 6-chi kolonnaga chiqariladi. U yerda ortiqcha 
suv xaydab olinadi va kondensasiya mahsulotlaridan tozalanadi. Ushbu usul 
yordamida ajratilgan aromatik uglevodorodlar miqdori 93-99% tashkil qiladi. 
Kondensirlangan siklli aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun, asosan 
kristallanish usulidan foydalaniladi.
Toshko‘mir smolasining 270-350 oS fraksiyasini kaliy gidroksid bilan 
o‘zaro ta’siri va keyingi gidroliz reaksiyasi orqali organik sintez uchun muxim 
bo‘lgan moda - karbazol olinadi: 



Yüklə 292,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin