uzilish vektori” deb nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida manba oʻz uzilish vektoriga ega. TQIKDni bajarib boʻlgach, protsessor, xotirada saqlangan manzil boʻyicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan maxsus komandaga binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi boʻlgan manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (yaʻni, mikrosxemaning “uzilish soʻraladigan kirish qismlari” deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga kelishi), tashqi manbalar ham (yaʻni, muayyan sharoitlarga koʻra protsessor ichida generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida bir nechta turlicha uzilish soʻrovlari kelishi mumkinligi bois, bunday soʻrovlarning har biriga alohida xizmat koʻrsatish izchilligini belgilaydigan muayyan tartib mavjud. Uning ishini MzP ichida yoki maxsus kontoller vositasida joriy etilgan “uzilishlarning ustuvor arbitraj” tizimi taʻminlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi uzilishiga sababchi boʻlgan har bir manba, unga xizmat koʻrsatilish navbatini belgilab beradigan oʻz ustunligiga (doimiy yoki oʻzgaruvchan ustunlikka) ega. Bir vaqtning oʻzida bir nechta uzilish soʻrovlari kelgan paytda dastavval ustunlik darajasi yuqori, shundan soʻng past darajali uzilish soʻrovlariga xizmat koʻrsatiladi. Ustunlik darajasi yuqori soʻrov asosiy dastur ishini qanday toʻxtatib qoʻysa, ishi boshlangan past darajali uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi shu tariqa toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ayni paytda “kiritilgan uzilish” deb ataladigan uzilish vujudga keladi.
CSEG va DSEGdan tashqari deyarli barcha amonaviy mikroprotsessorlar RSEG (ingl. Register Sgment) dasturiy-ochiq registrlar toʻplami deb ataladigan atayin ajratib qoʻyilgan kichik hajmli maʻlumotlar makoniga ega. CSEG va DSEGdan farqliroq RSEG registrlari MzP ichida, uning arifmetik-mantiqiy qurilmasining bevosita yaqinida joylashgan. Bu esa, oʻz navbatida, ushbu registrlar ichidagi axborotga jismonan tez kirib borilishini taʻminlaydi. RSEG registrlari ichida, odatda, MzP tomonidan tez- tez ishlatib turiladigan hisoblarning oraliq natijalari saqlanadi. RSEG sohasi DSEGning maʻlumotlar makonidan toʻliq ajratilgan boʻlishi yoki u bilan qisman kesishib oʻtishi yoxud uning tarkibiy qismi sifatida kiritilgan boʻlishi mumkin. RSEGning ichki mantiqiy tuzilishi turlicha boʻlib, mikroprotsessorlarning arxitekturasini tasniflashda muhim oʻrin egallaydi.
Mikroprotsessor registrlari funksional jihatdan bir xil boʻlmaydi, xususan: ularning bir turi maʻlumotlarni yoki adresilga oid axborotni saqlash uchun xizmat qilsa, boshqa turi – MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq barcha registrlarni maʻlumotlar registrlari, koʻrsatkichlar va maxsus vazifalar bajaruvchi registrlarga farq qilish mumkin. Maʻlumotlar registrlari operandlar manbalari va natija qabul qilgichlar sifatida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarda ishtirok etadi, adres registrlari yoki koʻrsatkichlar esa asosiy xotira qurilmasidagi maʻlumotlar va komandalarning adreslarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladi. Maxsus registrlar MzPning joriy holatiga indeks berish va tarkibiy qismlarining ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday arxitektura ham boʻlishi joizki, ayni bir registrlar maʻlumotlarni ham, manzillarga oid axborotni ham saqlash uchun qoʻllaniladi. Bunday registrlar