4-Ma’ruza Mavzu: Mikroprotsessor tizimining ishlash printsipi Reja


Tizim shinasi. Mikroprotsessor qurilmasining manzil muxiti



Yüklə 173,08 Kb.
səhifə2/6
tarix16.04.2023
ölçüsü173,08 Kb.
#98892
1   2   3   4   5   6
Маъруза №4

4.2. Tizim shinasi. Mikroprotsessor qurilmasining manzil muxiti
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish boʻlib, MP tizimini tuzish uchun zarur boʻladigan funksiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga koʻra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
mikroprotsessor tuzilishini, yaʻni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir);
 maʻlumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini;
 tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli boʻlgan

barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar yacheykalariga, tashqi qurilmalarga maʻlum adres boʻyicha murojaat qilish);


 mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar toʻplamini;
 mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi soʻzlar va signallar tavsifini;
 tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar).
Mikroprotsessor tizimining xotira boʻshligʻini shakllantirish usuliga koʻra MP arxitekturalari ikkita asosiy turga boʻlinadi.
Dasturlar va maʻlumotlarni saqlash uchun bitta xotira boʻshligʻi qoʻllanilgan tuzilish fon Neyman arxitekturasi deb ataladi (dasturlarni maʻlumotlar formatiga muvofiq keladigan formatda kodlash taklifini kiritgan matematik nomi berilgan).
Bunda, dasturlar ham, maʻlumotlar ham yagona boʻshliqda saqlanib, xotira uyasidagi axborot turiga ishora qiluvchi biror-bir alomat boʻlmaydi. Bunday arxitekturaning afzalliklari jumlasiga mikroprotsessorning ichki tuzilishi nisbatan soddaligi va boshqaruvchi signallar sonining kamligi kiradi.
Dasturlar xotirasi CSEG (ingl. Code Segment) va maʻlumotlar xotirasi DSEG (ingl. Data Segment) oʻzaro ajratilgan hamda har biri oʻzining manzilli boʻshligʻi va kirish usullariga ega boʻlgan tarzda yaratilgan tuzilish
Yüklə 173,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin