xotirani oʻqish va xotiraga yozish sikllari kiradi.
Kiritish-chiqarish makoni izolyatsiya boʻlganida kiritish-chiqarish portini oʻqish va kiritish-chiqarish portiga yozish sikllari qoʻshiladi.
Magistralda, ishlash tezligi MzPning ishlash tezligidan past boʻlgan qurilmalar ishlab turgan ayrim holatlarda RD, WR va shu kabi boshqa stroblar davomiyligi chetdagi modul tomonidan almashinish operatsiyasi toʻgʻri bajarilishi uchun yetarli boʻlmay qolishi mumkin. Magistral operatsiya muvaffaqiyatli yakun topishini tashkillashtirish uchungina CB tarkibiga maxsus READY signali kiritiladi. Kanalga murojaatlarning har bir siklida RD yoki WR strobasi yakuniga yetishdan oldin MzP READY signalining holatini tekshiradi. Agar READY ushbu fursatda hali uloqtirib yuborilmagan boʻlsa, MzP tegishli stroba muddatini unga WS (ingl. Wait State) deb nomlanadigan kutish taktlarini oʻrnatib, uzaytiradi. Mikroprotsessorning maʻlum modeli va ish rejimiga bogʻliq holda WS ning maksimal miqdori cheklangan yoki cheklanmagan boʻlishi mumkin.
Magistralda amalga oshadigan ishning oddiy rejimida faqat bitta faol qurilma ishlaydi, u ham boʻlsa, MzP boʻlib, magistralda kechadigan maʻlumotlar almashinuvining barcha sikllarini qoʻzgʻatadi. Biroq, shunday holatlar ham joizki, bunda ayni bitta magistralda bir nechta faol qurilma boʻlib, ular ayni bir xotira va kiritish- chiqarish bloklari bilan ishlashi darkor boʻladi. Boshqa faol qurilma maʻlumotlarni magistral boʻylab uzata olishi uchun MzPni vaqtincha dezaktivatsiya qilish zarur boʻladi. Bu maqsadda aksariyat zamonaviy mikroprotsessorlar “bevosita xotiraga kirish” (BXK) deb nom berilgan rejimda ishlay oladi. Ushbu rejim amalga oshishi uchun CB ga qoʻshimcha HOLD va HLDA signallari kiritiladi. CB boshqaruv shinasining kirish qismiga HOLD ning faol sathi yetib kelganida mikroprotsessor oʻz dasturi ishining ijrosini toʻxtatadi, shinalarining chiqish qismlarini yuqori impedan holatga oʻtkazib, chiqish qismidagi faol sathni HLDA ga havola etadi. Bu esa, oʻz navbatida, magistral boʻylab almashinish siklini boshlash mumkinligi haqida boshqa faol qurilma uchun signal xizmatini oʻtaydi. Ushbu qurilma oʻz almashinish sikllarini nihoyasiga yetkazgach, HOLD signalini uloqtirib yuboradi. Shundan soʻng MzP oʻzining odatiy holatiga oʻtib, dastur ishini davom ettiradi.
MzPdan dastur ishining meʻyoriy kechishini oʻzgartirish talab etiladigan boshqa ish rejimi ham mavjud boʻlib, unga “uzilish” deb nom berilgan. Zamonaviy mikroprotsessorlarning deyarli hammasi bitta yoki bir nechta INT0, INT1 va h. k. nomlanadigan tashqaridan uzib qoʻyadigan kirish qismlariga ega. Ushbu kirish qismlariga tizimda muayyan hodisalar roʻy berayotganligi haqida dalolat beruvchi signallar yetib keladi. MzP esa, oʻz navbatida, kelgan signallarga muayyan tarzda munosabat bildirishi lozim. Bunday kirish qismlaridan biriga faol sathli signal yetib kelganida, mikroprotsessor, meʻyoriy tarzda kechayotgan dastur ishi uzilib, ishni toʻxtatishga sabab boʻlgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va muayyan manzil boʻylab CSEGga yozilib qolgan “uzilishga ishlov berish kichik dasturi”ni (TQIKD) bajarishga kirishadi. Bunday kichik dastur manzili “