Beshinchidan, Xukumat mustakil O’zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan uzgartirish lozimligini kayta-kayta uktirdi va din turmush tarzimizga uchmas muxrini bosgan. Xudoga karshi kurashganlarning axvoli nima kechganini kurdik. Endi, bu xil besamar va kuruk inkor yuli yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashki siyosatimizda, ayniksa, musulmon davlatlari bilan uzaro alokalarimizni kengaytirishda katta axamiyatga ega — deb kursatadi.
Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasining iktisodiy va siyosiy mustakilligini ximoya kilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy xamda ishlab chikarish potensialiga va kadrlar kuyaratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi xamma ran ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi. Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan muntazam tuldirilib, kadam-bakadam yangi koida va yul-yuriutar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992 yil avgust oyi oxirida O’zbekiston mustakilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «O’zbekistonning uz istikuyul va taraqqiyot yuli» nomli O’zbekiston istiklolining nazariy asoslari chukur taxlil etilgan asari nashrdan chikdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy xayotdagi yangilik va kullanma sifatida kutib olindi. Unda O’zbekiston istikdolining xam nazariy, xam amaliy muammolari ilmiy jixatdan urganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iktisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yul-yuriklari yangicha mushoxada va yondoshuv bilan kursatib berildi. Ma’lumki, jaxonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir xolatdan ikkinchi bir xolatga utishi xal etuvchi bir necha ijtimoiy muammolar bilan uzviy borlik,.
Bular:
— davlatning isloxrtlarni utkazishdagi bunyodkorlik roli;
— jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish;
— urta xol sinfni shakllantirish;
— xalkaro xamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.
Ta’bir joiz bulsa, bu omillarning boskichma-boskichligi, ularning ax,amiyati, shuningdek, ulardan aloxida, xar birining va barchasi bir butun bulgan xolatda beradigan samaradorligi xar xil sabablarga borlik. Lekin, utish davrining eng muxim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz (bu esa jaxondagi kupgina mamlakatlar tajribada tasdiklangan) mavjud ijtimoiy imkoniyatlarni safarbar etish xam, urta xol sinfni shakllantirish xam, xalkaro munosabatlarda muvaffakiyatlarga erishish xam mumkin emas. I. Karimov taraqqiyotning O’zbekiston uchun makbul yulini ishlab chikar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat Kanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi va uning fikricha, O’zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u kanday nomlanishidan kat’i nazar adolatli, xalkchil, insonparvar jamiyat bulmori lozim edi. Shuning uchun xam, respublika ichki va tashki siyosatining asosiy yunalishlari pirovard natijada chinakam mustakil O’zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga karatildi. «Respublikada sobitkadamlik bilan xalkchil, adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir, — deb ukdiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu — mustakil, demokratik, xukukiy davlatdir. Bu — insonparvarlik koidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy a^voli, siyosiy e’tikodlaridan kat’iy nazar fukarolarning xukumari va erkinliklarini ta’miilab beradigan davlatdir. Xalk davlat x,okimiyatining manbaidir»61, — degan koidani ilgari surdi. Bu mustakillikning bir yilligi arafasi-
dayok kat’iy kilib urtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yullar x,am kursatib berildi.
Jumladan, siyosiy sohada bu:
— xalq, ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to’lik ishtirok etishi lozimligini;
— hokimiyat bo’linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
— jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
— barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni;
— bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
— demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida kuppartiyaviylikni shakllantirishni;
— O’zbekistonda tug’ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqligi fuqarosi bo’lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohdsa esa bu:
— milliy boylikning ko’payishini ta’minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
— ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;
— mulk egalari huquqlarining davlat yo’li bilan himoya qilishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
—iqtisodiyotni uta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo’jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:
— insonparvarlik g’oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
— ma’naviyatni qayta tiklashni;
— o’zbek tilini rivojlantirishni;
— xurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
— ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari
— keksalar, nogironlar, yetim yesirlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchi yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muxofazaga bo’lgan kafolatli huquqlarini
ta’minlashni;
— odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi, deb ta’kidlandi «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» nomli kitobda. Prezident I.Karimovning O’zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning yuqoridagidek dasturiy qoidalari, mamlakatning bozor munosabatlariga o’tishi, ichki va tashqi siyosatni shakllantirish tamoyillari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustivorliklari va yo’nalishlari jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va ularni yangi qoidalar bilan boyitdi. Birinchi Prezidentimiz yangilanayotgan jamiyat mazmun-moxiyatini kursatish bilan birga dolzarb vazifa kilib, eng avvalo bozor iktisodiga utish masalasini kuydi. Fakat iktisodiy bakuvvat davlatgina kuchli buladi va u xar kanday isloxotlarga kodir buladi degan goyani ilgari surdi. Shuning uchun xam I. Karimov «O’zbekiston — bozor munosabatlariga utishning uziga xos yuli» risolasida (1993 yil.) «Uzbekiston uzi uchun tanlab olgan yul ijtimoiy so^aga yunaltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng kup darajada mos keladigan bozor istisodiyotini shakllantirishga karatilgandir. Ayni mana shunday yul O’zbekiston xalkining munosib turmushini, uning xukumari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining kayta tiklanishi, insonni shaxe sifatida ma’naviy axlokiy kamol topishini ta’minlashi mumkin»,— deb kat’iy kursatib bergan edi. I. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chukur taxdil kilib, O’zbekiston davlat kurilishi va iktisodiyotini islox, kilish dasturining uzagi sifatida kuyidagi beshta asosiy koidani urtaga tashladi:
Dostları ilə paylaş: |