4-ma’ruza: Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xosligi. (2s) Reja



Yüklə 30,85 Kb.
səhifə3/5
tarix29.06.2022
ölçüsü30,85 Kb.
#62514
1   2   3   4   5
Harakatli o`yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq o`yinlaridan "Ismingni eslab qol", "Ko`z bog`lagich", "Oq terakmi, ko`k terak", "g`ozlar", "qushim boshi", "To`p-tosh", "Jami" o`yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, o`zligiga ishonch ruhi o`stirib boriladi. Shuningdek turli o`yinchoqlar bilan uynash tup, arqoncha, ot,arava, velosiped kabilar bilan uynaladigan o`yinlar orqali ular qalbida musobaqalashish hislari uyg`otib boriladi. Ayniqsa to`p o`yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, shuning uchun to`plar rangi yorqinroq, engil, yumshoq, bolalar uchun o`ynashga qulay bo`lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o`tish mashqlarini o`rgatish va shunga doir quyidagi: "Ona tovuq va jo`jalar", "Arqonga tegmay o`tchi", "Olishish", "Tortishmachoq" kabi o`yinlarni bolalarga o`rgatish orqali ularda ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o`ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash kabi hususiyatlar tarbiyalanadi.
Ta'limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g`ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, kurish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta'limiy o`yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og`zaki usuldagi ta'limiy o`yinlar- "qo`g`irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz", "qo`g`irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari o`yinlardan foydalanish maksadga muvofik bo`ladi. Bu O`yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, xayvonlar va parrandalar, yil fasllari,kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, kurish va eshitish, esda saqlab kolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda uynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag`on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog`bonlar" o`yinlari orqali mehnatga muxabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Bolalar qalbida musiqaga bo`lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiy- ta'limiy o`yinlarning roli beqiyosdir. Tarbiyachi bolalarga turli xil musiqa asboblarini ko`rsatib, chalib berish orqali, cholg`u asboblarining ovozi va tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. "Ovozidan top", "Nimada chalyapman", "qo`ng`iroq qanday jaranglayapti" kabi o`yinlar orqali tarbiyachi bolalarga ovoz va cholg`u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o`rgatadi. "Tapur-tupur qayrag`och", "Tomga tosh otdim", "O`ynab ber", "Sanamalar", "Mushtum va kaftchalar", "Yomg`ir" kabi milliy o`yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o`yinli ashulani ijro etish, qarsaklar va mimik harakatlarni to`g`ri bajarishga o`rgatib boriladi.
- g`ozlar, bir so`z deysizmi?
- g`a, g`a - g`a!
- Totli suli eysizmi?
- Ha, ha - ha
- Nega patni silaysiz?
- g`oq, g`oq - g`oq.
- Mendan nima tilaysiz?
- Boq, boq, boq"!
Bu xildagi she'rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, hayotiy tassurotlardan xulosa chiqarishga o`rgatib boradi.
Bolaning mashg’ulotlar jarayonida olgan iqtisodiy bilimi, tushuncha va tasavvurlarini mustahkamlashda, chuqurlashtirish va kengaytirishda o’yinlarning o’rni benihoyadir. Zero, bola o’ynab turib, dunyo taniydi. Bola o’yinda aks ettirayotgan narsani tezroq bilib olishga qiziqadi va uni xotirasida mustahkamlab oladi.
Shuning uchun pedagog maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim beruvchi yoki iqtisodiy bilimlarini mustahkamlovchi bolalar o’yinini tashkil qilar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishlari zarur:

    • o’yinning mazmuni ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi;

    • aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi,

    • o’yin harakatlari faol ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi kerak.

SHuningdek, hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o’yinga rahbarlik qilish, o’yinchoqlar va kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish va bu bilan bolalarning o’yinda xayrihox va xursand bo’lishlarini ta’minlash lozim.
Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining barcha jihatlariga: ongi, his-tuyg’ular, irodasi, xulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan ham shuningdek, iqtisodiy tarbiyalashda ham foydalanish lozim. SHunda o’yinlar natijasida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi.
Misol uchun bolalarning eng qiziqarli o’yinlaridan biri bo’lgan
«Do’kon-do’kon» o’yinini olaylik. Bu o’yinni syujetli-rolli o’yinlar
sarasiga kiritish mumkin. Bunda qatnashuvchilar bitta sotuvchi, 3 yoki 4
xaridor. Peshtaxta o’rnida stoldan foydalanish mumkin. Do’kon shaklini
tanlash guruh imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «O’yinchoq do’koni»,
«Oziq-ovqat do’koni» yoki aralash mollar do’koni sovun va tish pastalari
bir tomonga, kiyim-kechaklar bir tomonga, xullas, har bir mahsulot o’ziga
mos tovarlar guruhi bilan peshtaxta ustiga chiroyli qilib terib qo’yiladi.
Sotuvchi magazinga kelgan xaridorlarni xushmuomalalik va odob bilan
kutib oladi. Xaridorlarning har biriga qanday xizmat borligini, zarur
mahsulotni bir zumda muhayyo qilajakligini bildiradi.
Xaridorlardan biriga tish pastasi kerak bo’ladi va sotuvchi bor pastalarni ko’rsatib, narxlarini aytadi. SHuningdek, sotuvchi pastalarni nomlarini, qaerda
tayyorlanganligini ham, nima uchun pastalar narxi bir-biridan farq
qilishini ham bilishi lozim. Bu bir tomondan, boladan aqliy bilim talab
qilsa, ikkinchi tomondan hozirgi iqtisodiyotning shartlaridan bo’lgan
reklamadan ham foydalanadi va reklamaning ahamiyatini yanada tushunib
etadi. Xaridorlarni kutib olish, ularga xizmat qilit orqali esa bolada avvalo, muomala madaniyati, so’z boyligi va kishilar bilan muloqotga kira olish qobiliyatlari o’sib boradi. Sotiladigan narxlar esa bolalarning
«Elementar matematik tasavvurlarni o’stirish» mashg’ulotidan olgan bilimiga qarab qo’yiladi. CHunki, bunda bola pulni bilishi, qancha qaytim qaytarish kerakligini ham bilish kerak. Peshtaxtaga sotiladigan mahsulotlarni chiroyli qilib terib qo’yish orqali boladagi badiiy did. go’zallikka intilish kabi tuyg’ularni o’stirish mumkin. SHuningdek, bu orqali bola mahsulotlarni tartib bilan terish xaridorlarning diqqatini tezroq jalb qilishini va olib kelgan mahsulot tezroq o’z egasiga etib borishini tushunib etadi. Mahsulotlarni reklama qilish orqali uni qaerdan olib kelishini, O’zbekistoning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari mavjudligini bilib oladi va itkazadi.
Quyida ana shunday o’yin ishlanmalaridan namunalar keltirilgan.
1. «TEJAMLI BOLA BEJOG’LI BOLA». Jihoz : Qo’g’irchoq, Bitarvoy, sandiqcha.
Yangi so’zlar: Iqtisod, tejamkorlik.
Maqsad: Bolalarga «Iqtisod» nima ekanligi haqida bilim berish, bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin harakatlana oladigan, barkamol, etuk bolalar bo’lib etishishlari uchun, ularni tejamli, tadbirkor bo’lishga o’rgatish, so’z boyliklariga iqtisodga oid yangi so’zlarni kiritish.

Yüklə 30,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin