4-ma’ruza. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita



Yüklə 392,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü392,06 Kb.
#157669
1   2   3   4   5   6
4-MA\'RUZA

Yulduz 
(star). 
Yulduzsimon 
topologiyadan 
foydalanilganda 
tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator 
yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo‘natilgan barcha 
paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv 
konsentratordan foydalanish mumkin. Kompyuter va konsentrator o‘rtasidagi aloqa 
uzilishi tarmoqning qolgan qismi ishiga ta‘sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan 
chiqsa tarmoq ishi to‘xtaydi. Yulduz topologiyasi orqali lokal tarmoqlarni ham bir-
biriga ulash mumkin. Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda 
qulay: kabel, taroq adapter yoki razyomlarning nosozligi oson aniqlanadi. ―Yulduz‖ 
―umumiy shina‖ dan yangi qurilmalarni ulashda ancha qulaylik tug‘diradi. Uzatish 
tezligi 100 va 1000Mbit/s tarmoqlar ―yulduz‖ topologiyasi orqali qurilganini ham 
hisobga olish lozim. Agar ―yulduz‖ning markazida konsentrator joylashgan bo‘lsa, 
tarmoqning mantiqiy topologiyasi ―umumiy shina‖ga ozgaradi. 
―Yulduz‖ topologiyasini qo‘llashning avzalliklari: 

Yaratish va boshqarish soddaligi; 

Tarmoqning yuqori ishonchliligi; 

Tarmoq 
ichida 
uzatiluvchi 
ma‘lumotning 
yuqori 
darajada 
himoyalangani (agar yulduzning markazida kommutator joylashgan bo‘lsa). 
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoq ishini 
to‘xtatadi. 
3.
Halqa topologiyasi (ring). 
Halqali topologiyadann foydalanilganda 
tarmoqning hamma kompyuterlari yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar 
halqa bo‘ylab bir yo‘nalishda tarmoqqa ulangan kompyuterlarning tarmoq platalari 
orqali uzatiladi. Har bir kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo‘yicha uzatadi. Halqa 
topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko‘rib chiqamiz. Marker ikkilik 
razryadlarining boshqaruv ma‘lumotlaridan iborat ma‘lum ketma-ketligini tashkil 
etadi. Agar tarmoq qurilmasi markerga ega bo‘lsa, unda ma‘lumotni tarmoqqa 
uzatish huquqi bo‘ladi. Halqa ichida faqat bitta marker bo‘lishi mumkin. 
Ma‘lumotlarni uzatishga tayyorlanayotgan kompyuter tarmoqdan markerni olib 
ma‘lumotni halqa bo‘ylab uzatadi. Har bir kompyuter ma‘lumotlarni keying 
kompyuterga uzatadi toki u adresatga yetib bormaguncha. Ma‘lumotni qabul qilgan 
adresat uni yuborgan kompyuterga axborot yetib kelganligini tasdiqlovchi xabar 
jo‘natadi, ma‘lumotni jo‘natgan kompyuter yangi marker xosil qiladi va uni tarmoqqa 
uzatadi. 
Mazkur topologiyani qo‘llashning avzalliklari: 

umumiy shinadan ko‘proq hajmdagi ma‘lumotlarga xizmat ko‘rsatadi; 

har bir kompyuter takrorlovchi hisoblanadi: u signalni keying 
kompyuterga uzatishdan avval uni kuchaytiradi va tarmoq o‘lchamlarini 
kengaytirish imkonini yaratadi; 

tarmoqqa kirishda turli imtiyozlarni berish imkoniyati; yuqori imtiyozga 
ega kompyuter markerni uzoqroq vaqt ushlab turishi va ko‘proq ma‘lumot 
uzatishi mumkin. 
Kamchiliklari: 

tarmoq kabelining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga 
ollib keladi; 



istalgan kompyuter tarmoq orqali uzatiluvchi ma‘lumotlarni olish imkoniga 
ega. 
4.

Yüklə 392,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin