Yacheykali topologiya (mesh). Bu topologiya har bir kompyuterni
tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda
tutadi. Bu usul ma‘lumotlarni uzatishda qo‘shimcha yo‘llardan foydanalish imkonini
beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda ma‘lumot boshqa yo‘l orqali uzatiladi va tarmoq
normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir
necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali, ajratilgan yoki yo‘ldosh aloqa
liniyalari orqali birlashtirishda qo‘llaniladi. Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada
bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko‘p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun
qo‘llanilmaydi.
Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
katta ma‘lumot oqimlari bilan samarali ishlash;
qo‘shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada
barqarorligi;
yuqori darajadagi xavfsizlik; ma‘umotlar oqimi uzatuvchidan to‘g‘ri qabul
qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma‘lumotni o‘g‘irlashning imkoni yo‘q.
Kamchiliklar:
kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga
bo‘lgan talab;
tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi.
5.
Aralash topologiya (hybrid). Aralash topologiya o‘zida ikki yoki
undan ortiq topologiyani birlashtiradi ba shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini
hosil qiladi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha
yulduzsimon va shina topologiyasi birga qo‘llanadi. Bunda yulduz topologiyasiga
ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi.
Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta‘sir
ko‘rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa,
tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi.
―Yulduz-halqa‖ topologiyasida kompyuterlar markaziy komponentga yulduzsimon
tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan birga barcha komponentlar tarmoq bilan halqa
topologiyasi bo‘yicha birlashgan.
Avvalgi holatga o‘xshash bu holatda ham tarmoqdagi biror kompyuterning
ishdan shiqishi tarmoq ishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bo‘sh markerni uzatish usuliga
ko‘ra tarmoqning barcha kompyuterlari ma‘lumot uzatishda teng imkoniyatga ega,
bu esa tarmoq ichidagi axborot oqimlarining soni ortishiga olib keladi.