Gazlarni tozalash jarayonini intensivlash. Turli xil kurilmalarda gazlarni tozalash darajasini oshirish mumkin. Buning uchun tozalash jarayonidan avval gaz tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami kattalashtirilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun akustik koagulyasiya* qo‘llanishi mumkin, ya’ni gaz aralashmasiga akustik tebranma tovush va ultra tovush chasgotalarini ta’sir etgirish kerak. Tovush va ultra tovushlarning keskin o‘zgarishi o‘ta mayda zarrachalarni intensiv tebranishiga sababchi bo‘ladi. Natijada, zarrachalarning o‘zaro to‘qnashuvi va o‘lchami keskin ortadi. Gazlarga tovush balandligi 145...150 dB va tebranish chastotasi 2...50 kGs bo‘lgan akustik ta’sir beriladi. Zarrachalar o‘lchamini katgalashtirishning boshqa usullari ham bor. Masalan, qatgiq zarrachalarda suv bug‘larini kondensatsiyalash. Buning uchun, issiq gaz oqimiga o‘ta mayda sovuq suv tomchilarini purkash, sovuq gaz oqimiga sovuq suv purkash kabi yo‘llar bilan erishish mumkin.
Gaz tozalash kurilmalarini tanlash ularning texnik – iqgisodiy ko‘rsatkichlarini inobatga olish zarur. Asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga kuyidagilar kiradi: gazning tozalanish darajasi; qurilmaning gidravlik qarshiligi; tozalash uchun elektr energiya, bug‘ va suv sarflari; kurilma va gazning tozalash narxpari. Bulardan tashqari, tozalash samaradorlsh sh a gasir etuvchi omillarni ham inobatga olish kerak, ya’ni gazning namligi va konsentratsiyasi, temperaturasi va kimyoviy agressivligi, changning xossalari (gifoskopikligi, tolaligi, yopishqoqligi, kuruqligi), zarracha o‘lchamlari, uning fraksiya tarkibi va hokazo. Kuyidagi 3-2 jadvalda gaz tozalash kurilmalarining ayrim o‘rtacha
xarakteristikalari keltirilgan. Jadvadsagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, siklon va inersion chang ushlagichlar gazlarni faqat o‘lchamlari katga zarrachalardan dag‘al ajratish uchun qo‘llanishi mumkin. Albatta, bu gazlar quruq va tarkibidagi zarrachalar yopishqoq va tolali bo‘lmasligi zarur. SHu bilan birga, bu kurilmalar katta kapital va ekspluatatsion sarflar talab etmaydi. SHuning uchun, bu turdagi kurilmalar gazsimon turli jinsli sistemalarni dag‘al, dastlabki tozalash uchun, so‘ng esa elektrofiltr va engli filtrlarda to‘liq tozalash maqsadida ishlatiladi. Undan tashqari, bunday dag‘al tozalash ventilyator parraklarini emirilishdan saqlaydi. Siklon va batareyali siklonlarni yuqori konsentratsiyali gazlarni tozalash uchun, batareyali siklonlarni gazsimon turli jinsli sisgemalarning sarfi katta bo‘lganda qo‘llash tavsiya etiladi.