4-maruza: Turli jinsli sistemalar klassifikatsiyasi. Filtrlash. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida ajratish. Sentrifugalash. Elektrostatik maydon ta’sirida tozalash. Suyuqliklarni aralashtirish. Aralashtirgichlar


-rasm. Aralashtirgichli nu1ch - filtr



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə6/18
tarix26.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#148863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
4-maruza Turli jinsli sistemalar klassifikatsiyasi. Filtrlash.

3.17-rasm. Aralashtirgichli nu1ch - filtr.
1-uzatma; 2-filtr qobig‘i; 3-aralashtirgich; 4-to‘kish jumragi; 5-filtr to‘siq; 6-filtrlovchi tuqima.
Filtrning ish nikli quyidagi bosqichlardan iborat: suspenziya bilan to‘ldirish; bosim ostida filtrlash; filtr to‘siqsan cho‘kmani tushirish; filtr to‘siqni qayta tiklash. Bunday filtrlarda cho‘kmani yuvish jarayonini ham bir vaqgda o‘tkazsa bo‘ladi. Suspenziyalarni filtrlash paytida filtr to‘siq sifatida karton, belting va sintetik tolalarni qo‘llash mumkin. Sintetik tolalarning afzalligi shundaki, ular yuqori mexanik mustahkamlik, termik va kimyoviy chidamlilikka ega. Sintetik tolalardan, zichligi asga sekin o‘zgaradigan, filtr to‘siqlar tayyorlash mumkin. Bunday filtr qattiq faza mikdori kam bo‘lgan suspenziyalarni filtrlashda juda qo‘l keladi, chunki zarrachalar uning butun balandligi bo‘ylab cho‘kadi. Filtrning tashqi qatlamida yirik, ichki qatlamlarida esa mayda zarrachalar ushlanib qoladi. Bunday selektiv filtrlash jarayon tezligi yuqori bo‘lishi, kovakchalar yuzasini to‘lib qolish oldini oladi va filtrning xizmat mudsatini uzaytiradi. Romli filtr - press. Bunday filtrlar suspenziyalar (masalan: vino, pivo, sug mahsulotlar) ni tozalash uchun qo‘llaniladi (3.18-rasm). Filtrlovchi blok orasida filtr to‘qima yoki karton joylashgan almashuvchi rom va plitalardan tashkil topgan. Rom va plitalar yo‘naltiruvchi 6 da siquvchi vint 7 yordamida qisib qo‘yiladi. Odatda filtr metall stanina 8 da o‘rnatiladi.

3.18-rasm. Romli filtr-press.
1 - tayanch plita, 2 - rom; 3 -plita; 4 - filtr tusiq; 5 - harakatchan plita; 6 gorizontal yo‘naltiruvchi; 7 vint; 8 stanina; 9 - tarnoe.
Har bir rom va plitada suspenziyani kiritish va yuvish suyuqligini chiqarish kanallari bor (3.19-rasm). Plitalarning ikkala tomonida yig‘uvchi kanallar 4 bo‘lib, yuqori qism drenaj va pastki qismi esa, aylanma kanallar bilan ulangan. Suspenziya bosim ostida kanal orqali romning ichkarisiga filtr materialdan o‘tadi (3.20 a-rasm), keyin esa yuzasidagi kanalchalar orqali pastga tushadi. Filtrat plitaning pastki qismida joylashgan kanalcha orqali chiqib, umumiy tarnovga tushadi. Romning ikkala tomoni cho‘kma bilan to‘lganda, filtrlash jarayoni to‘xtatiladi va teskari yo‘nalishda yuqori bosimli suyuqlik yuborilib, cho‘kma yuviladi va aylanma kanallar orqali chiqariladi. SHundan keyin yuvish uchun suv yuboriladi va jarayon tugagach plita chapga surilib, cho‘kma to‘kiladi. (3.20 b-rasm) Filtr - pressning ish sikli ushbu jarayonlardan iborat: ishga tayyorlash; filtrlash; yuvish; cho‘kmani to‘kish. Davriy ishlaydigan filtr qurilmalarda yordamchi jarayonlarni bajarish uchun ish siklining 30% ga yaqin vaqgi sarflanadi va cho‘kmani to‘kish ko‘p mehnat talab qiladi. Bu turdagi filtrlarda filtr to‘qimalar sarfi katta va ularni almashtirish qiyin. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ushbu kamchiliklar bartaraf etilgan, chunki bu filtrlarda filtrlash, cho‘kmani kuritish, yuvish, ajratish jarayonlari bir vaqgda sodir bo‘ladi.

Filtr - press (FP A KM ). Bunday filtrda cho‘kmani to‘kish mexaniza- siyalashgan. Ushbu kurilma kamerali, avtomatlaiggirilgan filtr bo‘lib, temperaturasi 80°S, konsentratsiyasi 10...500 kg/m3 li mayin dispers suspenziyalarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi filtr davriy ishlaydigan bo‘ladi. Ko‘pincha bu filtr - presslarda bir - biriga zich joylashgan bir qator to‘rtburchak shakldagi filtrlardan iborat (3.21-raem). To‘rtburchak filtrlarning bunday joylashishi solishtirma filtrlash yuzasining ko‘payishiga olib keladi. Agar filtr L holatda bo‘lsa, kollektor 8 dan kameraga ajratish uchun suspenziya, yuvish uchun suyuqlik va cho‘kmani qisman quritish uchun siqilgan havolar ketma ket keladi. So‘ng filtrat, yuvish suyuqligi va \avo kanallar 12 orqali kollektor 10 ga chiqariladi. Filtrning B holatida kanallar 9 orqali bo‘shliq 11 ga bosim ostida suv uzatiladi. Natijada egiluvchan elastik diafragma G yordamida cho‘kma siqiladi. Undan keyin, V holatda plitalar suriladi va hosil bo‘lgan tirqishlardan cho‘kma to‘kiladi. Barabanli vakuum - filtr. Bu turdagi filtrlar konsentratsiyasi 50500 kg/m3 bo‘lgan suspenziyalarni uzluksiz ravishda ajratish uchun ishlatiladi (3.22-rasm). Qatgiq zarrachalar kristall, tolapi amorf va kolloid tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Filtr ish unumdorligi qatgiq zarrachalar tuzilishiga bog‘liq va yuqorida keltirilgan ketma - ketlikda pasayib boradi. Filtrning asosiy qismi gorizontal baraban bo‘lib, u elektr yuritkich yordamida asta - sekin aylantiriladi. Odatda uning 0,3...0,4 qismi suspenziyali tog‘oraga tushib turadi. Tog‘ora ichida silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya tarkibini bir xil bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni uning tarkibidagi zarrachalarni cho‘kmaga tushishida to‘sqinlik qiladi. Baraban ikkita silindrdan tuzilgan bo‘ladi. Tashqi silindr elaksimon bo‘lib, uning ustiga sim to‘r tortilgan. Sim to‘rning usti esa, filtr to‘qima bilan qoplangan. Barabanning filtrlovchi to‘siqlaridan filtrat vakuum ostida so‘rib olinadi. Filtrning ustida suspenziyadagi qatgiq zarrachalar cho‘kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho‘kma pichoq yordamida barabanning ustki qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning ichki qismi to‘siqlar yordamida alohida sektorlarga bo‘lingan. sikllari-




Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin