4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari


Ovoz va videoma’lumotlarni uzatish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/8
tarix07.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#78686
1   2   3   4   5   6   7   8
MUA 4 maruza.

Ovoz va videoma’lumotlarni uzatish
N.323 terminali N.245, Q.931, RAS, RTP va N.450 protokollar oilasini ta’minlashi hamda G.711 audio kodlashni qo‘llashi lozim.
Ovozlarni an’anaviy kommutasiya kanallari va tarmoqlari o‘rniga IP tarmog‘i orqali uzatish texnologiyasi, yo‘laklar o‘rnatish orqali konfigurasiyani inobatga oladi. Yo‘lak axborotni jipslaydi, IP paketga aylantiradi, IP tarmoqqa yuboradi, qarama-qarshi tomondagi yo‘lak aks harakatlarni amalga oshiradi, ya’ni chaqiriq paketlarini o‘qiydi va taqsimlaydi. Natijada oddiy telefon apparati chaqirishni hech bir muammossiz qabul qiladi. Axborotlarni bunday o‘zga tus olishi, dastlabki ovoz signalini ortiqcha yubortirmasligi kerak, uzatish rejimi mavjud vaqt ko‘lamida abonentlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini saqlab qolishi kerak.
Ovozni siqish algoritmlari
I zoh. Ovoz sifati MOS (Mean Opinion Score, ITU-T P.800 tavsiyasi) ekspert baholarining besh balli shkalasida berilgan


Ma’lumotlarni siqish – bu ma’lumot egallagan xotira hajmini kamaytirish maqsadida birlamchi ma’lumotni maxsus algoritmlar asosida o‘zgartirish (kompressiyalash).
Bunday algoritmlar xotira va ma’lumotlarni uzatish vositalaridan rasional foydalanish maqsadlarida ishlatiladi.
Teskari, ya’ni birlamchi ma’lumotni tiklash jarayonlari siqilgan ma’lumotni dekompressiyalash yoki raspakovka qilish deyiladi.
Ma’lumotni siqish unda ko‘p uchraydigan iboralarni ma’lum bir tartibda yo‘qotish tushuniladi. Bunda tekstda ko‘p uchraydigan va qaytariladigan ketma-ket iboralarni qisqartirilgan, oldindan kodlashtirilgan fragmentlar bilan almashtirish tushuniladi.
Ma’lumotni siqishda birinchi navbatda birlamchi tekst to‘g‘risida ma’lumot yig‘iladi, ya’ni undagi qaytariladigan fragmentlar, sonlar, iboralar aniqlanadi. Bunday ma’lumotga ega bo‘lmay turib, ma’lumotni siqish to‘g‘risida hech qanday echimga kelib bo‘lmaydi.
Tizimga tushgan ma’lumotni oldindan tahlil qilish asosida siqishni bajaradigan usullar (algoritmlar) adaptiv usullar (algoritmlar) deb yuritiladi.
Adaptiv bo‘lmagan algoritmlar statik algoritmlar deyiladi, ular tor doiradagi ma’lumotlarni , ya’ni ma’lum bir mutaxassiklik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni siqish uchun foydalaniladi.
Amaliyotda asosan adaptiv algoritmlardan foydalaniladi.
Axborotni uzatish va saqlash katta xarajatlarni talab qiladi. Qancha katta axborot bilan ishlashimizga to‘g‘ri kelsa,bu shunchalik qimmatga tushadi.
Afsuski, aloqa kanallari orqali uzatilayotgan va saqlangan ma’lumotlarning katta qismi ixcham ko‘rinishga ega emas. Aksincha, bu ma’lumotlardan oson foydalanishni ta’minlovchi ko‘rinishlarda saqlanadi, misol uchun, oddiy kitob tekstlari, matn muxarrirlarining ASCII kodlari, SHK ma’lumotlarining ikkilik kodlari, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlaridagi signallarning aloxida sonlari va boshqalar.
Biroq bu foydalanishda eng oddiy bo‘lgan ko‘rinishdagi ma’lumotlarni saqlash, aslida keragidan ikki-uch, lekin ba’zida yuzlab barobar katta joyni va chastota kengligini talab qiladi. Shuning uchun ma’lumotlarni siqish zamonaviy telekommunikasiyalarning eng muxim yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi.
Ma’lumotlarni siqishning maqsadi - manbaa tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlarni ixcham ko‘rinishini, ularning tejamkorroq saqlanishi va aloqa kanali orqali yuborilishini ta’minlashdan iborat.
Quyida ma’lumotlarni siqish tizimining shartli strukturasi keltirilgan:

Ma’lumotlarni siqish tizimi koder va dekoder manbaalaridan iborat.Koder manbaa ma’lumotlarini siqilgan ma’lumotlarga aylantirib beradi, dekoder esa siqilgan ma’lumotlardan manbaa ma’lumotlariga qayta tiklash uchun mo‘ljallangan.Dekoderdan chiqqan qayta tiklangan ma’lumotlar manbaa ma’lumotlari bilan aniq mos kelishi yoki ozgina farq qilishi mumkin.


Ikki turdagi ma’lumotlarni siqish tizimlari mavjud:

  • Axborotni yo‘qotishlarsiz siqish tizimlari (siqishni buzmaydiganlar);

  • Axborotni yo‘qotishlar bilan siqish tizimlari (siqishni buzadiganlar).


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin