Analiz bir butunni qismlarga, bolaklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har bin nima, qanday vazifani bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bolaklar, elementlar, ularning butun tarkibidagi orni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi. Sintez analiz tufayli ajratilgan boMaklar, tomonlar, qismlar, elementlarni ozaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bolaklari, qismlari, tomonlari, elementlari ortasidagi va ularning butun bilan bolgan aloqa va boglanishlarini bilib oladi. Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ularni bir-biridan ajratib qollab bolmaydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar kop tomonlamadir. Tadqiqotchi organayotgan predmet yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlar, analiz va sintezlar asosida hosil bolgan empirik faktlar va malumotlami oz tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi.Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi. Ilmiy bilishning asosiy shakllari.Tadqiqotchi ozi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni organishda, bilishning turli ilmiy metodlaridan foydalanishi asosida malum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar ozlarining paydo bolishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari fanlarga kirib kelishigacha, har xil korinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib otadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bolgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish shakllarining asosiylarini: ilmiy goya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan ko rishlar tashkil qiladi. Ilmiy goya ilmiy bilishning birinchi shaklidir. Goya tadqiqot maqsadini, uning yonalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir.Goya oz tabiatiga kora fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bolib, borliqning togri yoki xato inikosidir. Ilmiy bilishda goya muhim rol oynaydi. Aniq goya tugilmaguncha, biror sohada tadqiqot olib borish mumkin emas. Har bir goya malum tayyorgarlik, mushohada asosida, muayyan sohada fikr yuritish natijasida paydo bolib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan boladi.