Bilish va axborot. Keyingi yillarda «Axborot», «Axborotlashgan jamiyat», «Informatsion portlash» tushunchalari teztez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat qiladigan vositani yaratish yolidagi urinishlarning natijasi boldi. Asrimizning ortasida paydo bolgan bu vosita shiddatli rivojlanish yolini bosib otdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara oladigan kompyuterlar bolgan bolsa, ularning bugungi avlodi 10 millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi. Xosh, bularning inson ongi, bilishi va tafakkurining mohiyati bilan nima aloqasi bor? Gap shundaki, kompyuterlar ham inson tafakkuriga xos bolgan xususiyatlarga ega. Ammo ular qanchalik murakkab operatsiyalarni bajarmasinlar, inson tomonidan programmalashtirilgan jarayonlarnigina amalga oshiradilar, undan tashqariga chiqa olmaydilar. Insonning fikrlash jarayoni ongsizlik, onglilik, kechinmalar, ijod kabi hodisalarni qamrab oladi. Kompyuter esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, kompyuterlar insonning muayyan yonalishlardagi aqliy faoliyati ni yengillashtirishga xizmat qiladi va ozining yaratuvchisi ustidan hukmron bola olmaydi. Ayrim tadqiqotlar natijalariga kora, hozirgi davrda fan sohasida erishilgan natijalar har o’n yilda, informatsiya olish esa har 3-4 yilda ikki barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson ongi, uning xotira qudrati bu axborotlarni ozlashtira oladimi, degan savol kondalang bolmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bolmagan yaqin otmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy natijalarni o’zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli yonalishlari boyicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. Hisob-kitoblarga kora, inson eng yangi adabiyotlarni organib borishga harakat qilganda ham, uning har bir oqigan betiga on ming oqilmagan sahifa togri kelar ekan. Umumlashtirib aytganimizda, bilishning mohiyatini tushunish, u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni ilmiy talqin etish olam va odam birligini anglash imkonini beradi. Ayni paytda, bilish mohiyatini anglash insonning o’zligini, yashashdan maqsadi, hayotining mano-mazmuni kabi masalalarni chuqurroq tushunishga yo’l ochadi. Bu bilish va u bilan bog’liq masalalar har bir inson hayotida nihoyatda muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.