Biosfera ko’rinishi (1-rasm)
Seksiya 2. TABIATDAGI AYLANMA HARAKATLAR
Biosferada moddalar aylanishiBiosferada kichik va katta doiradagi moddalar aylanishixarakterlanadi. Kichik doiradagi moddalar aylanma harakati biologic doiradagi aylanish bo‘lib, bu organizmlar o‘rtasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o‘rtasida, suvda esa organizm bilan suv o‘rtasida kechadi. Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining quruqlikka qayta chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida quruqlik ayrim joylarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi.
Suvning aylanishi. Biosferada suv bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, kichik va katta aylanish doiralarini hosil qiladi. Suvning bug‘lanib, kondensatsiyalanib yog‘ingarchilik vositasida yerga qaytib tushishi suvning kichik doirada aylanishini tashkil etadi. Bu aylanishning turi ko‘pincha okeanlar yuzasida sodir bo‘ladi.Suv bug‘lari havo yo‘nalishi bilan quruq mintaqaga borishi va qaytib okeanlarga borib tushishi suvning katta doirada aylanishini tashkil etadi. Suvning juda sekin aylanishishimoliy muz okeanlarida sodir bo‘ladi (2-3-rasmlar)1.
Atmosferada suv bug’i (2-rasm)
Uglerodning aylanishi. Uglerodning aylanishi eng tez sodir bo‘ladigan biogeokimyoviy jarayon hisoblanadi. Uglerod almashinuvi ko‘proq CO2 orqali bo‘ladi. Havoda karbonat angidrid gazi 0,03% bo‘ladi. CO2 o‘simlikkao‘zlashtirilib, fotosintez mahsuldorligini hosil qiladi. O‘simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalarningparchalanishi karbonat angidridning manbaidir. Masaan, organikmoddalarning parchalanishi natijasida hayvon siydigida ham karbonatangidrid ajralib chiqadi. Okean bilan atmosfera o‘rtasida shamol va havoning harakati tufayli karbonat angidridning almashinishi kuzatiladi. Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda 600 mln. tonna CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |