4-mavzu: biosfera. V. I. Vernadskiy ta’limoti reja



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#175460
  1   2   3   4   5   6
3-MAVZU.Biosfera tushunchasi. V.I.Vernadskiy ta’limoti


4-MAVZU: BIOSFERA. V.I. VERNADSKIY TA’LIMOTI


REJA:
1.Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
2.Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
3. Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
4. Biosferada moddalarning aylanishi.
Tayanch so’zlar:Biosfera, litosfera, gidrosfera, tirik modda, o’lik modda, oraliq modda, biogenmodda, biogeokimyoviy, energetik xususiyat, fotosintez, oksidlanish-qaytarilish, parchalanish, transport xususiyati

Quyosh sistemasida Yerning boshqa sayyoralardan farqi nimada? Asosiy farq bu Yerda tirik organizmining mavjudligidadir.Yerning bir qismini - biosfera tashkil qiladi.Biosfera bu- yerning suv va atmosfera qobig’ining bir qismini tashkil qiladi. Biosfera nimalardan tashkil topgan? Birinchi shakl ko'rsatadiki, Biosfera turli xil organizmlardan, bir biridan farqlanuvchi muhitlardan iborat. Cho'l zonasida yomg'ir miqdori kam bo'ladi. Kaktus o'simligi, Amerika bo'risi (koyot), kaltakesaklarcho'l zonasiga xos o’simlik va hayvonlardir. Tropic zonalar esa ko’p miqdorda yog’ingarchilik bo’ladigan issiq zonalar hisoblanadi. To'tiqush, maymun va minglab boshqa organizmlar tropik o'rmonlarda yashaydi.


Marjon qoyalar okean suvining issiq va sayoz joylarida hosil bo'ladi. Qor va muz bilan qoplangan Arktika zonasi shimolda joylashgan Qutb ayig'l, tyulen, morjlar Arktikada yashaydi. Biosfera okean , tropik cho'l va qutblardan iborat bo'lgan ko'plab zonalarni o'z ichiga oladi.


Suvning aylanishi

Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv hayvonlarning chiqindilaridan ham atrofmuhitga qaytadi.


Yeryuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy ta’siri ostida bo‘lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o‘lik moddalar (iqlim, atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar) hisoblanib, ularning hosil bo‘lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o‘lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo‘lishida yetakchio‘rinni egallaydi. Oraliq moddalar - Yerdagi tirik moddaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq, yemirilgan tog‘ jinslari va barcha tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari, biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo‘ladi va o‘zgarishlarga uchraydi. Ularga nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo‘lgan toshko‘mir, bitum, neft, ohaktosh va boshqalar kiradi (1-rasm).



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin