4-mavzu: biosfera. V. I. Vernadskiy ta’limoti reja



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#175460
1   2   3   4   5   6
3-MAVZU.Biosfera tushunchasi. V.I.Vernadskiy ta’limoti

Kislorodning aylanishi. Kislorodning aylanishi juda ham murakkab jarayon. Kislorod fotosintez jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bunda karbonat angidrid va suvning quyosh nuri ta’sirida reaktsiyaga kirishib, organik modda, kislorod va suv bug‘i hosil bo‘ladi. Kislorodnito‘la bir marta aylanishiga 2000 yil kerak. Kislorodning asosiy manbai azon (O3) hisoblanadi.
Azotning aylanishi. Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi. Azot inert gazidan iborat bo‘lganligi sababli, uni birikma holda havoda uchratish qiyin. Tirik organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning muhim komponenti hisoblanadi. Havodagi erkin azot azotobakteriyalar vositasida o‘zlashtiriladi va birikma holda ajratib chiqariladi. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6 kg gacha azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli ekinlar vositasida esa 400 kg/ga o‘zlashtiriladi.


Fosforning aylanishi. Fosfor - nuklein kislotalari, oqsil, ATF va boshqa hayotiy muhim organik moddalarning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Fosforning aylanishi trofik zanjir, organik fosfat zanjiri vositasida hamda organik fosfatning ajralishiva tirik organizmlarning ulishi natijasida yerga tushishi yo‘li bilan amalga oshadi. Ularni mikroorganizmlar chiritib, yana qaytadan o‘simlikka o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazadi.2


Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti

Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.


V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar (iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar Yerdagi tirik moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, emirilgan jog’ jinslari va barcha tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ularga nihoyatda katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktosh va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar aylanishi amalga oshadi.



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin