4-mavzu.
Bronxitlar.Etiopatogenezi,
tasnifi
va
davolash
usullari,
mezonlari.Profilaktik choralari.
Bronxit etiologiyasi. Bolalarda kasallikni asosan respirator viruslar chaqirib,
toza bakterial bronxit kamdan - kam uchraydi. Ammo viruslar ta’sirida
bakteriyalarni faollashuvi odatiy hol bo’lib, kasallikni bakteriyalardan
ko’pincha stafiloqoqk, streptoqoqk, pnevmoqoqklar chaqiradi. Bronxitda
kasallikka beriluvchanlik muhim o’rin tutadi. Shular sababli ba’zi bolalar
boshqalarga nisbatan bronxit bilan ko’proq og’riydi. Bronxit ba’zi bolalar
infeksiya kasalliklarini, jumladan qizamiq, ko’k yo’talni odatdagi klinik
ko’rinishi hisoblanadi.