Residivlanuvchi bronxit.
Standart diagnostikasi:
Anamnezida – bir yilda 2, 3 marta qaytalanadi va 3, 4 xaftagacha davom etadi.
Soglom davrda bola sovuq qotganda, fizik zo’riqishda yoki nervno-psixik
xolatlarda yo’tal qaytalanadi.
Klinikasi.
Respirator sindrom: Yo’tal xar xil xarakterli bo’ladi. (nam, quruq, xurujsimon),
balg’am shilliqli yoki shilliq yiringli, yo’tal 3, 4 xaftagacha davom etadi.
Bronx o’pka sindromi: perkussiyada qutichasimon tovush, dag’al nafas, nafas
chikarish qiyin kechadi. Auskultatsiyada quruq xushtaksimon, o’rta va yirik
pufakli nam xirillashlar ba’zan esa mayda pufakli nam xirillashlar eshitiladi va
yutaldan keyin o’zgaruvchan. Intoksikatsiya belgilari yaqqol emas (bola bezovta,
tana xarorati normada, subfibril yoki yuqori bo’lishi mumkin. (adenovirus i
mikoplazmali infeksiyada).
Paraklinik.
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi: O’pka suratining kuchayishi, o’choqlarning
bo’lmasligi, o’pka ildizining kengayishi. Bronx o’tkazuvchanligini buzilish
belgilari: o’pkaning notekkis pnevmatizatsiyasi (giper va gipoventilyatsiya
xolatlar), lobulyar atelektazlar kam kuzatiladi va ular qisqa.
Bronxoskopiya – Bronx devorlarida aloxida yig’ilgan balg’am va fibrin tolalar.
Bronxografiya – bronx bo’shlig’ining o’zgarishi. (funksional bronxospazm).
Umumiy qon taxlili – normada yoki leykopeniya, limfotsitoz, kam xollarda
nisbatan neytrofil leykotsitoz
Balg’am tekshirilganda – rangsiz yoki yiringli bo’lib leykotsitlar tutadi.
Qonning bioximik ko’rsatkichlari disproteinemiya, gipo gammaglobulinemiya.
Immun statusni tekshirishlar T va V limfotsitlar, fagotsitoz ko’rsatkichlar
normada, ko’tarilashi va kamayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |