4-Mavzu: Faoliyat va Motivatsiya Shaxsning individual tipologik xususiyatlari Reja


Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari



Yüklə 306,04 Kb.
səhifə8/43
tarix24.12.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#192853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
4-Mavzu Faoliyat va-fayllar.org

3. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko‘p bora ko‘tarilgan bo‘lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situatsion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o‘rganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan.
Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko‘ra, motiv-bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisidan iboratdir.
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi:
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig‘indisidir.
S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi.
S.L Rubinshteyn. «Motivatsiya – bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir».
A.N.Leontьev - motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi.
Motiv –ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko‘p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko‘p darajali tizimi bo‘lib, u o‘zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo‘lib, u o‘zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko‘rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: «turli motivlar bora-bora o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe bo‘lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi». V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo‘yicha motivlari tizimlari o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig‘indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa ham, motivlar o‘rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko‘rsatish muammosini tadqiq etmagan.

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin