4-Mavzu: Faoliyat va Motivatsiya Shaxsning individual tipologik xususiyatlari Reja



Yüklə 306,04 Kb.
səhifə6/43
tarix24.12.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#192853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
4-Mavzu Faoliyat va-fayllar.org

Faoliyatning asosiy turlari
Odamlarning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida taraqqiyotning asosi hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.
Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo’lishi va taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faoliyati uning kamoloti davomida faqat asta-sekin ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini egallab boradi.
Inson faoliyati asosan uch turga bo’linadi: o’yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rolь o’ynaydi.
O’yin. Bola bir yoshga to’lgandan boshlaboq unda faoliyatning sodda shakllarini egallash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shart-sharoitlardan birinchisi o’yindir. O’yin faoliyatini hayvon bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o’yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug’ullanish, yolg’ondakam urishishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o’yin ularning faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo’lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli o’yinlarni o’ynaydilar.
O’yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o’z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.
O’yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rolь orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo’sinda atrof-muhit to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rolь orqali ijro qiladi. So’z bilan harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyati tusini oladi va muayyan ma’noda axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki o’yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini egallashga harakat qiladi.
O’yin dastavval bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funktsiyasini bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga o’sib o’tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilgandan to maktab ta’limigacha uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi, shuningdek o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin