Faoliyatning muhim xususiyatlari
Hayvonlar faolligi
|
Inson faoliyati
|
Instinktiv – biologik faollik
|
Bilishga va muloqotga bo’lgan ehtiyojlar bilan yo’naltirilgan.
|
Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar, (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan to’da bo’lib yurish,
|
Kishilik jamiyati hamkorligidagi faoliyat asosida tashkil topgan, har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatidagi o’rniga ko’ra ahamiyatlidir.
|
Ko’rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi
|
Predmet va hodisalarni mavhum-lashtirish, ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin.
|
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, ko’nikmalar yakka tartibda hosil bo’lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo’ladi.
|
Tajribani berish va o’zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi.
|
Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi.
|
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlariga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib, yangi qurol va vositalar yarata oladi.
|
Tashqi muhitga moslashadi
|
O’z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o’zgartiradi.
|
Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo’lgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o’rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo’lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida “Tafakkurning faol shakli”, “Tafakkur faoliyati”, “Miya faoliyati”, “Muskul faoliyati” so’z birikmalar keng ko’lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan “Oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyin esa “Fiziologik faolligi” atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko’ra farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo’llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati, “mehnat faolligi” mazmunida qo’llaniladi. Ijtimoiy psixologiyada “Faoliyat – faollik – ish – mehnat”, “Faoliyat - xulq”, “mehnat – xulq, faoliyat” ko’rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq etadi.
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida “Predmetli faoliyat” so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan “Odamning hissiy amaliy faoliyati” so’z birikmasi “ijtimoiy inson” sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “Faoliyat”, “Xulq” tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan “Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”, “Faoliyatning halqali tuzilishi”, “Faoliyatni boshqarish”, “Qo’lning tuyush faoliyati”, “Pertseptiv faoliyat”, “Retseptor va effektor” apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar.
B.G.Ananьev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir. Tadqiqotchi “Inson faoliyati”, “Tashkiliy ish”, “Tashkilotchilik faoliyati”, “Xulq jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi
Dostları ilə paylaş: |