4-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari. Dinlararo munosabatlarning globallashuvi.
Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari.
Intyernet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi.
Dinning madaniyat fenomeni sifatida o`ziga xos xususiyatlari.
Din globallashuvining mezonlari.
Global axborotlashuv asri nomi bilan tarixga kirgan XXI asrni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevidenie, Intyernet tarmog`isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, intyernetning imkoniyatlari keng va cheksiz bo`lib, u gazeta, radio va hatto televideniedan ko`ra ham kuchliroq ta`sirga ega. Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni ta`minlash, axborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib byerishi “butun jahon o`rgimchak to`ri”ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini orttirmoqda. O`zbekistonga ham Intyernet shiddatli qadamlar bilan kirib kelmoqda va kundalik hayotimizda o`zining o`ringa ega bo`lmoqda. 2008 yilga kelib O`zbekistonda Intyernet foydalanuvchilari soni 2 mln 200 ming kishidan oshib ketdi. Fan-texnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi ijobiy holat. Lekin, virtual olamdan ayrim kuchlarning g`arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir.
Afsuski, elektron dunyoni turli siyosiy kuchlar, tyerroristik, ekstremistik-tashviqotlar va g`oyalarni targ`ib qiluvchi, har-hil jinoiy to`dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga va o`z qarashlarini ommaga targ`ib qilishlariga ham ko`maklashmoqda. Xalqaro tyerrorizm va ekstrimizmning “Al-Qoida”, “Hizb ut-tahrir”, “Hamas” kabi yirik tashkilotlarining tahdidlari, Intyernet tarmog`ida ham o`zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon komp`yutyer tarmog`ida keng qamrovli axborot tyerrorini, "muqaddas urush" - "elektron-jihod"ni olib borayotganliklari, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo qilayotganliklari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo mamlakatlarining oldida axborot xavfsizligini ta`minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. Tarmoq ichida insoniyatga qarshi, yoshlarga qarshi tajovuzlar bilan yo`g`irilgan giyohvand moddalar iste`mol qilish, sotish, axloqsizlik, zo`ravonlik, qotillik va millatlararo, dinlararo va irqiy murosasizlik keltirib chiqarishni keng targ`ib qiluvchi, tyerrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga xizmat qilayotgan saytlar faoliyatlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar. Ularning tyerrorchilikka, jinoyatga undovchi resurslar bilan to`lib-toshib borishi insonlar ongini, ayniqsa yoshlarni tezda o`ziga jalb qilyapti. Qo`poruvchilik, harbiylar va tinch aholini qiynoqlarga solish, ko`z ko`rib, quloq eshitmagan usullar bilan jazolash sahnalari namoyish etish orqali, vahima uyg`otish, tinch hayot tarzini izdan chiqarish, g`oyaviy porokandalik yuzaga keltirish maqsadida, shuningdek ma`naviyatga zarar etkazadigan, aqidaparastlik ruhida yo`g`irilgan, o`z mafkuraviy ta`sirlarini muttasil tarzda saqlab turishga qaratilgan manbalar tobora xavfli ko`rinish kasb etib bormoqda. Bu kabi axborotlar nafaqat alohida olingan yagona bir yoki bir necha davlat uchun, balki butun jahon hamjamiyati uchun katta xavf tug`diradi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ushbu muammoni bartaraf etishning ishonchli vositalarini, mukammal dasturlarini ishlab chiqishga xarakat qilinmoqda, katta miqdordagi mablag`lar ajratilmoqda, ko`plab saytlar filtirlab qo`yilmoqda. Albatta, xaqli ravishda savol tug`iladi, O`zbekistonda yuqorida aytib o`tilgan muammolar ta`sirlariga tushib qolmaslik uchun, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an`ana va urf-odatlarga, xalqni e`tiqodiga, ma`naviyati va madaniyatiga, ongi va tafakkuriga zarar etkazadigan yot mafkura va qarashlardan saqlash uchun nimalar qilinyapti va nimalar qilish kyerak bo`ladi? Intyernet olamini cheklab yoki malumotlar olishni to`xtatib qo`yish bilan masala xal bo`lmaydi. Bu hususida I.A.Karimov quyidagicha to`xtaladi –“... yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio-televideniya, matbuot, Intyernet kabi vositalar orqali xam rang-barang axborot va malumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni ko`rma deb, bir tamonlama tarbiya byerish, ularni atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu-maqsad muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va yerkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz va bu yo`ldan hech qachon qaytmaymiz”1.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 sentyabrdagi "O`zbekiston Respublikasining jamoat ta`lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga muvofiq O`zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta`lim va yoshlar bo`yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona ZiyoNet axborot tarmog`iga birlashtirildi. Tarmoqning asosiy vazifalari: yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, yoshlarning ma`naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko`maklashadigan axborotdan keng ko`lamda foydalanishlarini ta`minlash, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish va jismoniy tarbiya va sport turlarini ommalashtirish, o`quvchilar va yoshlar uchun masofadan turib ta`lim olish usullarini va boshqa axborot-kommuni katsiya xizmatlarini ta`lim tizimiga joriy etishda ko`maklashishdir.
Ma`lumki, ko`plab sayt va tarmoqlar katta mablag`lar evaziga filtrlab ko`yilgan va bu holatni ko`plab davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta taqiqlar yoki filtr vositalari orqali odamlarni Intyernet olamidagi turli kuchlarning xatarli tahdidlaridan, kyeraksiz va salbiy axborotlardan saqlash qiyin va faqatgina vaqtinchalik holat bo`lishi mumkin. I.A.Karimov takidlaganidek “…yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq yuzaga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz kyerak”2. Intyernetdan olinayotgan axborotlarga tanqidiy yondashish va uning foydali manbalari asosida o`z dunyoqarashini kengaytirish, g`arazli ma`lumotlarni inkor eta bilish idrokini, mafkuraviy immunitetni hosil qilish g`oyat muhim jihatdir. Har bir yosh ma`lum bir ko`nikma va bilmlarga, diniy va dunyoviy ilmlarni mohiyatini tushuna olish qobiliyatiga ega bo`lishi, dunyoda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jaryonlarga befarq bo`lmasligi lozim. Buni avvalo, o`zining taqdiri, kelajagi oldidagi ma`suliyat deb bilsa, ikkinchidan, vatani va xalqi oldidagi burchi sifatida tushunmog`i lozim.
Intyernt tarmog`i ham, kashf qilingan har qanday fan yutuqlari singari o`zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Global tarmoqning hayotimizdagi o`rni va ahamiyati taboro ortib borayotganligi, insoniyat uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini asoslashga hojat yo`q. Xalqaro tyerroristik va ekstremistik tashkilotlarni vyertual olam orqali o`z ta`sirlarini o`tkazishga harakat qilishlari ham tabiy holat. Qachonki hamma davlatlar tyerrorizm havfini, xalqaro, xududiy va milliy xavfsizlik va barqarorlikka, umuman insoniyatga fojeali global havfni tushunib, birgalikda harakat qilganlaridagina yaxshiroq natijalarga yerishilgan bo`lardi.
Jamiyatni global axborotlashtirish – axborot resurslarini faol shakllantirish va ulardan keng miqyosda foydalanish global, umumbashariy jarayonidir. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarishning odatdagi texnologik usuli va turmush tarzi kibyernetika vositalari va usullaridan foydalanishga asoslanadigan yangicha, postindustrial shakl-shamoyil va mazmun-mohiyat kasb-etadi.
Axborot jamiyati – postindustrial jamiyat kontseptsiyasi; tsivilizatsiya rivojlanishining yangi tarixiy bosqichi bo`lib, unda axborot va bilim ishlab chiqarishning bosh mahsullari hisoblanadi. Axborot jamiyatining o`ziga xos xususiyatlari:
- jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi;
- yalpi ichki mahsulotda axborot kommunikatsiyalari, mahsullari va xizmatlari ulushining ko`payishi;
- quyidagilarni ta`minlovchi global axborot maydonining yaratilishi: a) odamlar samarali informatsion o`zaro aloqa qilishini; b) ular jahon axborot resurslaridan bahramand bo`lishini; v) ularning axborot mahsullari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlari qondirilishini.
Ma`lumki, davlat va jamiyat qurilishida insonning o`rni va uning shaxs sifatida kamol topishi muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan olganda shaxs va uning kamoli muammosi ijtimoiy fanlar: sotsiologiya, falsafa, psixologiya, insonshunoslik kabi fanlar diqqat markazida bo`lib kelmoqda. Ayniqsa, bugungi globallashuv va modyernizatsiyalashuv jarayonida shaxsning o`z-o`zini anglashi, aniqlashi identifikatsiyasi muammosi dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Bu esa shaxs va jamiyatning uzviy aloqada bo`lishini, xususan, shaxsning yuksak kamol topishidagi o`ziga xos muhitning, shart-sharoitlar hamda jamiyatdagi tub o`zgarishlar sodir bo`lishi bilan uyg`un holda kechmoqda. Zyero, axborotlashgan jamiyatning inson hayotidagi o`rni va roli hamda shu asosda shaxsning ijtimoiylashuv-siyosiylashuviga bo`lgan ta`siri bilan belgilanadi. Xususan, axborot oqimining kuchayuvi, uning son va sifat jihatidan xabarning tez va aniq uzatilishi shaxsning onggi va qalbi orqali o`tmoqda. Bu esa o`z-o`zidan har bir axborot, tarqatilayotgan turli-tuman xabarlarning shaxs ong va tafakkuriga ta`siri bilan o`lchanadi. Ushbu axborotning shaxsga qanday ta`sir etishi eng avvalo uning bilim darajasi (ommaviy, ilmiy, kundalik ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy), dunyoqarashi hamda dunyoni his etishi idrok etishi bilan belgilanadi. “Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar ekanmiz, albatta, axborot yerkinligini ta`minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o`z fikr va g`oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini yerkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga yerishib bo`lmasligini o`zimizga yaxshi tasavvur etamiz”3. SHaxs dunyoqarashiga axborotning ta`sir kuchi eng avvalo axborotni uzatilishi, qabul qilinishi ongda qayta ishlanishi hamda ma`lum bir xulosa qilinishi bilan amalga oshadi. SHu nuqtai nazardan axborot olish va uni o`zlashtirish modelini ishlab chiqqan frantsiyalik olim J.Dyuran aynan inson omiliga e`tibor qaratadi. Uning fikricha kommunikatsiya tizimining asosini tashkil qiluvchi inson axborotni qabul qilib oluvchi ob`ekt sifatida besh bosqichni boshidan kechiradi. “Birinchi bosqich – axborot bilan ilk to`qnashuv bosqichi bo`lib, bu bosqichda retsipient individ u yoki bu harakat amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Ikkinchi bosqich – axborotni tushunish bosqichi bo`lib, bu bosqichda individ qabul qilib olgan axborotini o`z ongida qayta ishlaydi va uni o`zicha talqin qiladi.
Uchinchi bosqich – pozitsiyani o`zgartirish bosqichi bo`lib, bu bosqichda insonga etkazilgan axborotlar insonga ta`sir ko`rsatib. Uning qarashlari, tuy¼ulari, pozitsiyalarini o`zgartiradi.
To`rtinchi bosqich – qabul qilingan axborotning inson ongida muhrlanishi hisoblanadi.
Va nihoyat beshinchi bosqich – inson fe`l-atvoridagi o`zgarishlar bosqichi hisoblanib, bu o`zgarishlarning asosini qabul qilingan axborotlari, insonning dunyoqarashi va tashqi muhit ta`siri tashkil qiladi”.4
SHunday ekan jamiyatni shaxs ongiga ta`sir etishda axborotlashtirish jarayoni bir–biri bilan bog`liq bo`lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot. mediatus – vositachi) – axborot to`plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; komp`yutyerlashtirish – axborot qidirish va unga ishlov byerish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektuallashuv – axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya`ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun`iy intellektdan foydalanish jarayonidir.
Ma`lumki, axborot quyidagicha tushuniladi: axborot tashqi muhitga moslashish jarayonida undan olingan ma`lumot, signalning mazmunini ifodalash (N.Vinyer); entropiyani inkor etish (Brillyuen); kommunikatsiya va aloqa, noaniqlikni yo`q qilish jarayoni (K.SHennon); rang–baranglikni ifodalash (R.Eshbi); o`ziga xoslik, yangilik, strukturalarning murakkabligi mezoni (A.Mol`); tanlash ehtimolligi (T.YAglom), xilma–xillikni aks etish (A.Ursul); makromolekulalarning xossasi va ularning avtorepduktsiya qobiliyatiga ko`ra baholanishdir (M.Eygen); mavjud va teng variantlarda eslab qolingan bitta variantning tanlovi (G.Kastlyer) va h.k.larni aytish mumkin.
Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot–texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektuallashuv jarayonlari bilan uyg`un bog`liq bo`lishi kyerak. Zotan, bu shaxsning va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. SHu bois, globallashuv jarayonida shaxs ijtimoiy faolligini oshirishda axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu yerda moddiy omillar emas, balki ideal omillar – bilim va axborot birinchi o`rinda turadi. SHuningdek, olingan axborot va bilim olish, ularga ishlov byerish, ularni saqlash va byerish jarayonida jamiyat a`zolarining aksariyati band bo`ladi. Axbdorotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki byeradi. Tabiiyki, bu jarayon shaxsning ong-shuuriga ta`sir etish barobarida unga o`zining axborotning mazmun-mohiyatiga bo`lgan munosabatni ham o`zgartiradi.
Bugungi kunda demokratiyani shakllantirishning zarur sharti bo`lgan axborotlashtirish, uning ko`lami, sur`atlari va yo`nalishi ayni jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy–siyosiy va umuman madaniy jarayonlarga, shu jumladan fan, ta`lim, umumiy madaniyatning globallashuv darajasiga uzviy bog`liqdir. Bu esa barcha o`zgarishlarning negizi, sub`ekti hisoblangan shaxsning barkam Birinchidan, ijtimoiy–siyosiy munosabatlarni demokratlash-tirish, uning axborot bazasini taqozo qilib, tsivilizatsiya manfaatlari asosida maqsadga muvofiq baholash mezonlarni ishlab chiqishni talab qiladi; ikkinchidan, jamiyatni demokratlashtirishni xususiyatlari regional va milliy xaraktyerga ega bo`lishini hisobga olib, uni axborotlashtirishga ham diffyerentsial yondoshmoq lozim; uchinchidan, “ochiq jamiyat” tushunchasining demokratik xaraktyeri axborotlashtirish jarayoniga nisbatan shartli xaraktyerga ega, chunki har qanday axborotni “ijobiy” deb baholash nisbiydir; to`rtinchidan, jamiyatda “axborot yerkinligi” tushunchasi “axborot masuliyati”ni istisno qilmaydi. SHunga ko`ra, “axborot yerkinligi”ni demokratiya belgisi, tamoyili, xususiyati deb baholash mutlaqo shartli va nisbiydir.
Axborot tyerrorizmi globalizatsiya maxsuli xisoblanadi. Ekspyertlar fikriga ko`ra, Axborot tyerrorizmi 2020-2030 yillarga borib o`z ta`sirini yuqori darajaga ko`taradi. Bu esa axborot jamiyatidagi isloxotlarni va xalqaro tyerrorizm faoliyatini rivojlanishini ta`minlab byerishi mumkin.
Bundan tashqari, kibyertyerrorizm kompyutyer vositalari orqali turli davlat va shaxsiy tarmoqga zarar keltiruvchi faktor sifatida e`tirof etilmoqda.
Kibyertyerrorizm – mahsus xakyer dasturlari orqali komp`yutyer boshqaruvi tarmoqlarini egallab olish va komp`yutyer viruslari yordamida intyernet tarmog`ida tyerakt sodir etish, intyernet tarmog`ini ishdan chiqarishni ko`zda tutadi.
Jumladan, Amyerika Qo`shma SHtatlari mudofaa vazirligi Pentagon ma`lumotlariga ko`ra, komp`yutyer tarmoqlari orqali 60 yo`nalish bo`yicha turli axborotlar qabul qilinadi. SHuningdek, ayrim xakyerlar tomonidan Amyerika davlat xokimiyati tizimi syervyerlari orqali YUgoslaviya, Syerbiya, Rossiyaga nisbatan aniq bir siyosiy maqsadga yo`naltirilgan xujumlar uyushtirilgan. Bundan tashqari, bunday misollardan biri xakyerlar tomonidan Xindiston atom tadqiqot markaziga xam ushbu yo`nalishda komp`yutyer vositalari orqali xujum qilingan.
SHvetsiyada siyosiy xokimiyat tizimida xakyerlar tomonidan chap gurux tashabbusi bilan o`ng radikallarning komp`yutyer tarmog`i yo`q qilingan.
SHHTga a`zo davlatlar o`rtasida axborot xavfsizligi soxasida xam samarali faoliyat olib borilmoqda.
2012 yil 27 martda Toshkentda bo`lib o`tgan SHHTning mintaqaviy aksiltyerror tuzilmasining yig`ilishida a`zo davlatlar o`rtasida axborot xavfsizligini ta`minlashda yangi zamonaviy ko`nikmaga ega bo`lish, komp`yutyer tarmoqlaridan tyerroristik maqsadlarda foydalanayotgan tashkilotlarni aniqlash, ularga qarshi kurashish to`g`risida kelishuvga yerishilgan.
Axborot xavfsizligini ta`minlash bugungi kunda davlatlar oldida turgan dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda va ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar SHHTning faoliyatini kengaytirish, axborot xavfsizligi yo`nalishida aniq chora - tadbirlarni ishlab chiqishni talab etadi.
Bugungi kunda intyernet orqali turli mazmundagi axborotlarning tarqalishi yoshlarga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Jumladan, Intyernetning to`g`ri maqsadlarda ishlatilishi uning salbiy ta`sirlaridan himoyalanishni ta`minlaydi. Intyernetda yoshlar ma`naviy tarbiyasiga zarar etkazadigan audio-vizual va kontent ma`lumotlarning tarqatilishi, zo`ravonlik, pornografiya, pedofiliya sahnalarining e`lon qilinishi keskin tanqid qilinmoqda. Intyernetning axborot maydoni, dezinformatsiya, yolg`on va tuhmatlar manbaiga aylangani salbiy xolat hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda Evropa global tarmog`ida buzg`unchi saytlar mavjudligi hamda vyertual firibgarlik ta`siriga tushub qolishi mumkinligini inobatga olmagan yoshlar turli saytlarga kirishi tufayli ruxiy va xatto jismoniy salomatligiga ziyon etkazuvchi axborotlarga duch kelmoqda5.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda maktab o`quvchilarining qurollangan xolatda turli jamoat joylari, maktab, savdo do`konlariga bostirib kirish xollari tez-tez uchramoqda. Mutaxassislar bolalar o`rtasida bu kabi xolatlarning ko`payib borayotganini intyernet saytlari, jangari filmlar, videolavhalar va boshqa vositalarning ta`siri bilan bog`lamoqdalar. SHu bilan bir qatorda psixologlarning mulohazalariga ko`ra, o`smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga xos davri bo`lib, bu davrda o`smirlar agressiv ruxdagi tomoshalarga, on-layn o`yinlariga byerilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
YUqoridagi ma`lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, “Axborot tyerrorizmi” xozirgi kunda zamonaviy tyerrorizmning bir ko`rinishi sifatida davlatlar o`rtasida axborot urushini keltirib chiqarishi, axborot vositalaridan foydalangan xolda tyerrroristik tashkilotlar tomonidan tyerakt sodir etilishi jaxon xamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Axborot tyerrorining ko`rinishlarini Respublikamiz xududida yuz byerishi davlat va xususiy kop`yutyer tarmoqlarini izdan chiqarishi, boshqa davlatlar bilan o`zaro do`stlik va xamkorlik aloqalariga, shuningdek axolini ayniqsa yoshlarning ma`naviy – ruxiy xolatiga salbiy ta`sir etishi mumkin.
Globallashuv, axborot sohasi libyerallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Intyernet tarmog`idan foydalanib, axborot yerkinligini suiste`mol qilib, o`sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.
SHunday ekan, nosog`lom axborot oqimi va ta`siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o`rinli savol to`g`iladi?
Ma`lumki, xalqaro amaliyotda “Kibyer jinoyatlar to`g`risida” Konventsiya, “Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Intyernet va on-layn resurslarni joriy qilish to`g`risida” Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, “Bola huquqlari to`g`risida” BMT Konventsiyasini, “YOshlarni himoyalash to`g`risida” Gyermaniya, “Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta`siridan himoyalash to`g`risida” Litva va “Bolalarni sog`ligi va rivojlanishiga ziyon etkazuvchi axborotdan himoyalash to`g`risida”gi Rossiya Fedyeratsiyasi qonunlari mavjud ekanligini tilga olishimiz mumkin bo`ladi.
AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo`lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil`tratsiya tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Intyernet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysikim bolalari Intyernetga chiqish imkoniyatlari borlari) kontent fil`tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar..
Evropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak Buyukbritaniyada davlat strukturasi faoliyat yuritib (“Intyernet Watch Foundation”), u doimiy ravishda Intyernetdagi xavfli kontentli resurslarni monitoring qilib boradi.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud bo`lib, xususan, O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risidagi Qonunda “O`zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo`ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi”, Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risidagi Qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo`ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta`sir ko`rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo`luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil`mlarni namoyish etish taqiqlanishi” belgilab byerilgan bo`lsada, bugungi axborot makonidagi tendentsiyalar, axborot ekspantsiyasi, agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma`rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag`a bo`lmas.
Ma`lumki, muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ma`naviy hayotimizni yuksaltirish, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy tabiatimiz va urf-odatlarimizga mutlaqo zid bo`lgan har qanday zararli ta`sirlar, buzg`unchi g`oyalarga qarshi turish, ma`naviy jihatdan etuk, o`z mustaqil fikriga ega, barkamol avlodni tarbiyalash borasida o`zining fikr va g`oyalarini bildirib o`tgan edilar.
YUrtboshimiz quygan ushbu yuksak vazifalarni ruyobga chiqarish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, ota-onalar va pedagoglarni o`zoq muddatli o`zliksiz va tizimli hamkorlikka chaqiradi, albatta.
Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog`lab, axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara quyib bo`lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg`unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma`naviy olamining daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag`a bo`lmas.
Virtual reallik, virtuallik (ing. virtual reality, virtual – borligicha, lot. virtus – potentsial, ehtimollik, enyergiya, kuch, shuningdek tasavvurdagi xayol) – komp`yutyer yordamida modellashtirish asosida foydalanuvchi sun`iy dunyoga cho`mib, maxsus sensorli moslamalar orqali unda harakat qilish imkonini byeradi. Bunda foydalanuvchining ko`rish, eshitish, sezish va motorli sezgilari komp`yutyer tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi.
Virtual reallikning o`zi nima, degan masalada asosan ikki yo`nalish (gipoteza) shakllangan. Birinchisi virtual reallikni texnikaviy hodisa deb qarash bo`lsa, ikkinchisi ruhiy xodisa deb xisoblashdir. Umuman, h. davr falsafiy adabiyotlarida ko`rsatilishicha, virtual reallik tushunchasining fanda, san`atda va amaliyotda keng tarqalishi, “ o`z-o`zidan tashkillashuv”, “koopyeratsiya effektlari”, “tasodifiy tashkillanishlar” va shular kabi boshqa tushunchalar orqali ifodalanadigan yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati vujudga kelayotganini bildiradi.
Hozirgi davrda virtual reallikni faqat komp`yutyer texnologiyalari, ya`ni “kibyermadaniyat” bilan bog`lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama- qarshi o`laroq boshqa olimlar virtual reallikning komp`yutyerdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi qo`pol namoyon bo`lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar.
Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o`rin oldi. Bu jarayon tasarrufchini komp`yutyerda turli manipulyatsiyalar (o`yin yoki boshqa ishlar) qilishi uchun mo`ljallangan har xil olam modellarini yaratish proektidan boshlangan edi. Ana shu proekt tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni sun`iy ravishda yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol fanning barcha sohalari namoyandalarining, ayniqsa faylasuflarning diqqatini o`ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko`plab kitoblar, jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.
Virtualistika bo`yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo`nalishga ajratish mumkin. Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, komp`yutyer grafikasi, mul`timediya va h.k.da yerishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psixologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta`siri haqidagi ishlar. Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining texnik sohalarida, ta`limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish muammolariga bag`ishlangan ishlar. To`rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat, madaniyatshunoslik bilan bog`liq muammolari bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.
I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda bo`lib o`tgan “Mingyillikning rivojlanish maqsadlari” sammitining plenar majlisida so`zlagan nutqida “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta`kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o`limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to`siqlar bo`lib qolmoqda”, – deb ta`kidladi. SHundan so`ng davlatimiz rahbari “asosiy muammo va ziddiyatlar bo`yicha o`zaro murosa asosidagi echimlarni topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning asosiy yo`llaridan biri ekanligini qayd etib o`tdi. SHu munosabat bilan tolyerantlikni va uning odamlar ongiga ta`siri darajasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo`ravonlik, tyerrorchilik, tajovuzkor millatchilik, xalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz byerayotganligi mintaqaviy va xalqaro miqyosda barqarorlikka va xavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo`lidagi to`siqlardan biri bo`lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo`lib o`tgan Bosh konfyerentsiyasi tolyerantlik tamoyillari Deklaratsiyasini qabul qildi, zyero tolyerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo`libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir.
Ijtimoiy rivojlanishda yuz byerayotgan o`zgarishlar va ularning tendentsiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolyerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko`rsatadi. Tolyerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me`yorga aylanib, atrofimizni o`rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo`lmoqda.
Ma`lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks xaraktyerga ega ob`ektiv voqea va hodisalarda o`z aksini topmoqda.
SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko`rib chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim xaraktyerining o`zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga xalqaro omil ta`sirining kuchayishi, turli madaniy tizimlar, xususan, dinlar o`rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini keltirib chiqarmoqda..
Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida gapirganda 1-Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “ ... shuni ob`ektiv tan olish kyerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”6.
Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba`zi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada ko`p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim xulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta`kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o`sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko`p hollarda ularni o`z rejalarini o`zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar7. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat byeradi.
Global diniy makonda ro`y byerayotgan o`zgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo`layotgan o`zgarish ularning an`anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va tsivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Xususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yo`nalishdagi jarayonlarga misol bo`la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o`zgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham xaraktyerlidir.
Mutaxassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an`anaviy konfessiyalardagi iyerarxik strukturadan yagona markaz va an`analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo`ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O`z navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiktsiya chegaralarini kesib o`tish xususiyatiga ega. Xarizmatik protestant chyerkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo`la oladi8. SHu bilan birga, diniy hayotda o`ziga xos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta`kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko`ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o`ringa ega bo`ladi”9. Ayni paytda, o`zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo`lib, u dinning barcha yo`nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli - normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o`ziga xos “jamoaviy va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim Ronal`d Robyertson10.
Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy o`rin tutishiga doir gipotetik xaraktyerdagi ushbu fikr-mulohazalar o`ta bahsli bo`lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o`zgarishlar dinamikasini har tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin.
“SHu o`rinda ta`kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo`q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e`tiqod yerkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”11. Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biridir.
E`tiqod va vijdon yerkinligining keng tarqalishi, o`z navbatida, diniy hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, yerkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo`lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e`tiqod va vijdon, iroda va so`z yerkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o`z navbatida, asrlar mobaynida o`zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar oldiga sifat jihatdan yangi bo`lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o`zining o`rni va ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo`llari va mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo`ymoqda.
Bu yo`nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zyero, o`zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog`lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o`z o`rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul vositasidir.
Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvi...”12 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi ob`ektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayot barqarorligi ko`p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bog`liqdir.
Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo`llanilayotgan bo`lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma`noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo`qotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning o`zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo`lgan urinishlarda ko`rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo`q. Globallashuvning zamonaviy tendentsiyasi ma`naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko`plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko`p qirrali aloqalar bilan bog`liq bo`lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma`noda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o`lchamidir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas, deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o`z mafkurasiga ega bo`lishi mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo`l qo`yilmaydi. Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g`urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan.
O`zbekistonda e`tiqod yerkinligi va diniy bag`rikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon yerkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo`lib, 1993 yilda kiritilgan ba`zi qo`shimcha va o`zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo`lib keldi. So`nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o`zgartirish zarur bo`lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o`tgan dinlararo muloqot YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdilar. Kongressdan so`ng 18 sentyabr` kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo`lib o`tdi. Unda «tasavvuf»ga bag`rikenglikni targ`ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob, o`ziga xos ko`rinishi degan ta`rif byerildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent islom univyersitetida dinlarni qiyosiy o`rganish bo`yicha YUNESKO kafedrasi ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo`llab-quvvatladi. Fan, ta`lim va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o`zi kelib kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo muloqot va diniy bag`rikenglikni yanada mustahkamlashga ko`maklashishdir. SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o`tgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi YUNESKO «bag`rikenglik tarmog`i»ning ikkinchi yig`ilishida bag`rikenglik tamoyillari o`zbek xalqining urf – odatlari bilan chambarchas bog`liqligi ta`kidlandi.
O`zbekistonning an`anaviy diniy bag`rikenglik o`lkasi ekani, islom fani va madaniyatiga qo`shgan ulkan hissasini e`tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot – Islom konfyerentsiyasi tashkiloti (O`zbekiston unga 1996 yildan a`zo)ning ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e`lon qildi.
Xalqaro hamjihatlik yo`lida har bir inson, jamoa va millatlar bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhimdir. Bag`rikengliksiz demokratiya asoslari va inson huquqlarini mustahkamlab bo`lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo`lmagani kabi, bag`rikengliksiz tinchlik bo`lmaydi.
Globallashuv jarayoni g`oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o`z ta`sirini ko`rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nixoyatda kuchli vositasiga aylanib, jahondagi xar xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko`z o`ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o`zgarishlar ro`y byerayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta`kidlaydi Prezident I.A.Karimov, – fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish har qachongidan ko`ra muxim ahamiyat kasb etmoqda13.
Milliy mustaqillikka yerishilgandan so`ng O`zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va obod Vatan, yerkin va farovon xayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan birgalikda o`z oldiga muayyan geopolitik maqsadlarni qo`ygan siyosiy kuchlarning, diniy tashkilotlarning ma`naviy-mafkuraviy taxdidlari kuchaydi. Mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag`darib tashlab, islom davlatini qurish, xalifalikni qayta tiklash to`g`risidagi zararli g`oyalar Islom uyg`onish partiyasi, Xizbuolloh, (Alloh partiyasi), Xizb at tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi), Badiuzzamon Said Nursiyning Nurchilik harakati, Usoma bin Lodinning Al Qoida, Akrom Yo`ldoshevning akromiylar harakatining g`oyalarida o`z ifodasini topgan bo`lib, O`zbekistondagi tinchlik va barqarorlikka, diniy totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka salbiy ta`sir ko`rsatib keldi. O`zbekistonda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyat qurish jarayonida Xoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba» ekstremistik harakati, Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan «Tablig`chilar» jamoasi, Pokistonda Mirza G`ulom Axmad Xon tomonidan asos solingan Axmadiya xarakati, Islom dinini ilk davridagi xolida saqlab qolish g`oyasini ilgari surgan Abdul Vaxxobning Vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi tomonidan ilgari surilgan g`oyalar hamda olib borilgan xarakatlar O`zbekistondagi dinlararo bag`rikenglik g`oyasiga qarshi yo`naltirilgan diniy- siyosiy xarakatlar sifatida namoyon bo`ldi. O`zbekistondagi tinchlik- barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglikka bevosita taxdid ko`rsatgan omillarga diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlik, tyerrorizm, missionyerlik, prozelitizm kabi zararli g`oyalar, mafkuralar hamda xarakatlar taalluqli bo`lib, milliy mafkuraning asosiy g`oyalari asosida fuqarolar mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor qaratilmoqda. Missionyerlik va prozelitizm globallashuv sharoitida ma`naviy-mafkuraviy taxdid vositasi bo`lib, eng avvalo jaxondagi muayyan siyosiy kuchlarning geopolitik maqsad manfaatlariga yo`naltirilgan xolatda olib borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma`naviyati, urf-odat va an`analari, milliy mentaliteti diniy ta`limot bilan bog`liq bo`lib, missionyerlik va prozelitizm xalqning milliy o`zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga, davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga sababchi bo`ladi. SHuning uchun ham bugungi kunda O`zbekistonda zamonaviy demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalarini fuqarolar ongi-tafakkuriga singdirishga, ularda milliy g`urur va iftixor tuyg`ularini yuksaltirib mafkuraviy immunitetini shakllantirish masalasiga asosiy e`tibor qaratilmoqda.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar ko`p millatli va turli dinli bo`lgani kabi O`zbekiston ham shunday davlatlar qatoriga kiradi. Unda millatlararo totuvlik va dinlararo bag`rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar o`zining chuqur ildizlariga ega.
O`zbekiston ilk diniy tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanligi qator tarixiy manbalarda qayd etilgan. O`lkada qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Teshik-Tosh g`orlaridagi qadimiy qabrlar, Fayoz va Qora-Tepaning buddaviylik topilmalari, Dalvarzintepa va Sug`diyona qoldiqlari, hozirda frantsuz va yapon arxeologlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan izlanishlar natijalari bundan yaqqol dalolat byeradi14.
Darhaqiqat, xalqimizga azaldan xos xislat – bag`rikenglik, tolyerantlik bir zumda paydo bo`lgan emas, u biz uchun an`anaviydir. O`zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi O`zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo`lgan eng qadimgi o`lkalardan biri ekaniga guvoh bo`lamiz. Tosh asrining o`rtalarida ajdodlarimiz orasida turli hayvonlar va Quyoshga topinish, keyinroq fetishizm, animizm, afsungarlik (magiya) tarqaldi.
Ilk o`rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddaviylik ham muhim o`rin tutadi. Buxoro shahrining nomi ham “vaxara” – buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham buni tasdiqlaydi. Kushon va Eftalitlar davlatlari davrida O`zbekiston hududiga bevosita Hindistondan buddaviylik kirib keldi va keng ildiz otdi. V.Litvinskiyning ta`kidlashicha, Markaziy Osiyoda “hunarmandning xonadoni va chorikorning kulbasigacha budda dini kirib borgandi”15.
Buddaviylikning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog`laydilar. Impyerator Kanishka (I asrning oxiri – II asrning boshlari) davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan. Jumladan, Kanishka zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. Xitoylik Syuan`-TSzyan` byergan xabarga ko`ra, VII asrning boshlarida Tyermizda 10 ta buddaviylik xonaqohi (sangarama) va mingta rohib faoliyat olib borgan.
XX asrning boshlarida Amudaryoning o`ng qirg`og`ida buddaviylikka mansub ko`plab qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan ko`p sonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklar topilgan16.
Xalqimizda tolyerantlik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko`rsatgan turli dinlar madaniyati bo`yicha izlanishlar olib borayotgan yapon olimi Kato fikriga ko`ra Surxondaryo vohasida aniqlagan noyob Budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
YUrtimiz hududida zardushtiylar bilan bir qatorda buddaviylikka e`tiqod qiluvchilar ham yashaganlar. Milodning birinchi asrlaridan boshlab, Samarqand va Buxoroga kirib kelgan yahudiylar jamoalari vakillari hozirga qadar o`z dinlariga yerkin e`tiqod qilib kelmoqdalar17.
O`zbekistonda islomdan oldin mavjud bo`lgan dinlar qatorida SHom (Suriya) va Yeron orqali kirib kelgan xristian dinining nestorian mazhabi sezilarli o`rin tutgan. Xristian jamoalari g`uz, to`qqizo`g`iz kabi ba`zi ko`chmanchi turk qabilalarining vakillarini ham o`z ichiga olgan. Akademik V.Bartol`dning fikricha, VI asrda Samarqandda xristian episkopi va bevosita arablar kelishidan oldin esa mitropoliti bo`lgan. Hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari hududida ham xristian diniga mansub aholi mavjud edi18.
Ilmiy adabiyotlarda Markaziy Osiyoga xristianlik III asrlarda kirib kelgan deb talqin qilinadi. Bu Yeronda mazkur din vakillarining ta`qib qilinishi va ularning boshqa hududlarga ko`chib o`tishi bilan bog`lanadi. Yeron shohi SHopur I (241 – 272 yillar) asir olingan Rim askarlarini sharqiy yerlarga joylashtirgan. Ular orasida nasroniylar ham bo`lgan. Ba`zi yozma manbalarda 334 yilda Marvda eparxiya faoliyat ko`rsatgani qayd qilinadi. Bu Marvda xristianlarning 334 yildan avvalroq paydo bo`lgani va yirik jamoalari shakllanganidan dalolat byeradi.
Umuman olganda, VIII asrda Movarounnahrga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz byerdi19. Movarounnahr xalqlari islom diniga mahalliy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlari va urf-odatlarini olib kirdilar. Movarounnahrda bu holat islomning o`ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo`ldi. O`sha vaqtga kelib mintaqada shakllanib ulgurgan qulay bag`rikenglik muhitida bu tasodifiy hodisa emas edi.
Islom dini barqaror bo`lganidan, to shu bugungi kungacha, Islom dini keng yoyilgan musulmon davlatlarida boshqa haq dinlarga ham bemalol yo`l byerilgan. Ular chyerkov, sinagogalariga kirib, ibodatlarini bemalol qilavyerganlar. Hatto, ularning molu jonlari davlat himoyasiga olingan.
Tarixiy manbalarda o`tmishda O`zbekistonda diniy munosabatlar asosida biror marta ham nizo chiqmaganini qayd qilinadi. Bunday holatni hozirgi O`zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o`zaro munosabatlari misolida ham ko`rish mumkin. Bunday do`stona munosabatlardan xulosa qilib, Prezident Islom Karimov: “Musulmonlar va xristianlarning O`zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo`lib yashashi diniy-ma`naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag`rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir”71, deya voqelikni aniq ko`rsatib byerdi.
Dostları ilə paylaş: |